O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish siyosatidan so‘ng O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashi tugatilib, uning vazifalari SSSR Mehnat va Mudofaaa Kengashining O‘rta Osiyodagi vakolatli boshqarmasiga topshirildi. 1926 yil iyul oyida boshqarma faoliyati tugatilib, 1926 yil 30 iyulda O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston SSR va Qirg‘iziston avtonom viloyatining iqtisodiy aloqalarini SSSR bilan mustaxkamlash va nazorat qilish maqsadida qayta tashkil etilgan. 1934 yilda SSSR XKS va VKP (b) MK ning buyrug‘i bilan tashkilot faoliyati tugatilgan.
SSSR Xalq xo‘jaligi Oliy kengashi, Mehnat va Mudofaaa kengashi, VKP (b)ning O‘rta Osiyo byurosi majlis bayonnomalari va qarorlari; O‘rta Osiyo iqtisodiy kengashining prezidium plenumlarining majlis bayonnomalari va stenogramma hisobotlari; SSSRning O‘rta Osiyodagi kolxozlar markazi, Paxtachilik bosh qo‘mitasining vakolatxonasi O‘rta Osiyo davlat reja va O‘rta Osiyo iqtisodiy kengashi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma va Nizom hujjatlari.
O‘rta Osiyo Xalq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish va ularni tuzish bo‘yicha besh yillik rejalari va statistik ma’lumotlar (1928 – 1932, 1933 – 1937). Jahondagi iqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy sharhlar.
O‘rta Osiyo besh yillik va yillik xo‘jalik rejalarini tuzish bo‘yicha respublikalarning davlat reja qo‘mitalari bilan yozishmalar.
O‘rta Osiyo davlat rejalashtirish tashkilotining O‘rta Osiyo Xalq xo‘jaligi bo‘yicha konyuktyur sharhlari.
O‘rta Osiyo tijoriy Telegraf agentligi bo‘limining axborot byulletenlari va O‘rta Osiyo oziq-ovqat va sanoat maxsulotlarining narx-navolarini o‘sishiga oid ma’lumotlar.
O‘rta Osiyoning ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish masalalari
(1926 – 1933)
O‘rta Osiyo ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha Byuro s’ezdining majlis bayonnomalari; O‘rta Osiyo ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha I va II Butunittifoq s’ezdiga tayyorlangan ish rejalari, dasturlar, ma’ruzalar va tezislar; O‘rta Osiyo iqtisodiyotini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga sharhlar.
Balxash ko‘lining baliqchilik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ekspeditsiya, Issiqko‘lning gidrogeologik va baliqchilik tadqiqotlari, O‘zbekiston va Turkmanistonga zotdor otlarni sotib olish bo‘yicha, O‘zbekistonda paxtachilikka ixtisoslashgan kolxozlarning iqtisodiy ahvoli va ularda ayollar mehnatidan foydalanish masalalari.
Byuro s’ezdining SSSR Davlat reja qo‘mitasi bilan O‘zbekistondagi ilmiy tadqiqotlar, O‘rta Osiyo va respublikaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha Butunittifoq s’ezdiga tayyorlangan materiallar.
Sanoat masalalari
(1926–1934)
O‘rta Osiyo davlat reja qo‘mitasining O‘rta Osiyoda metallga ishlov berish sanoatini qayta tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bayonnomalari; O‘rta Osiyoda metallni qayta ishlash sanoatining holati (1931 yil) va uni Ikkinchi besh yillikda rivojlantirish istiqbollari, ko‘mir sanoatini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlar va O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashining yig‘ilish bayonnomalari, O‘rta Osiyo ko‘mir sanoati trestini qayta tashkil etish va rivojlantirish hamda uning faoliyatiga oid hisobot va ma’ruzalar.
O‘rta Osiyoni yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyoji va u bilan ta’minlash bo‘yicha rejalar, hisobotlar va tahliliy ma’ruzalar.
Birinchi Besh yillik rejada O‘zbekiston paxta tozalash sanoatini yangilash bo‘yicha tizimli rejalar (1928 – 1932) va O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashining paxta tozalash zavodlarining texnik jihozlarini yangilash bo‘yicha ma’ruzalar, Paxtachilik va paxta sanoatini rivojlantirish bo‘yicha Toshkentda ko‘rgazma tashkil etish bo‘yicha yozishmalar.
O‘rta Osiyodagi SSSR Ishchi-dehqon inspeksiyasi vakolatxonasining O‘rta Osiyoda ipakchilik va ipakni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ma’ruza hisobotlari.
“Sredazshelk” trestiga qarashli ipak tolasi tayyorlash zavodlarining birinchi besh yillik rejadagi (1928–1932) ish natijalari va ikkinchi besh yillik reja muddatining boshlanishiga qadar O‘rta Osiyoda ipak to‘qish sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hisobot va ma’lumotlar.
O‘rta Osiyoda ipakchilik va ipakni qayta ishlash sanoatining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi lavhalar (ocherklar), Bolsheviklar KP MKning ipak qurti tayyorlash mavsumi bo‘yicha hisobot ma’ruzalar.
O‘rta Osiyo pillachilik ilmiy-tadqiqot institutining O‘zbekiston SSR ipakchilikni qayta tashkil etish bo‘yicha va O‘rta Osiyo kolxozlariga ipakchilikni biriktirish tajribasi to‘g‘risida ma’ruzalar va xulosalar.
Markaziy Osiyoda yigiruv va to‘quv fabrikalari uchun tadqiqot dasturlari; Kedr o‘simligini yetishtirish madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari va uni to‘qimachilik sanoatida qayta ishlash bo‘yicha hisobot ma’ruzalar.
SSSR Ishchi-dehqon inspeksiyasi Hay’at Kengashining Turkmanistonda baliqchilikning rivojlanishi va baliqchilik sanoatining holati, konservalash sanoatini rivojlantirish, Qirg‘iziston ASSR Qovunchi shakar zavodida shakar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorlar;
Uzumchilik xo‘jaligi va vinochilik sanoatining rivojlanishi haqidagi sharhlar, efir moyi sanoatining rivojlanishi, yog‘ ishlab chiqarish bo‘yicha statistik ma’lumotlar (1928, 1932 – 1934).
Markaziy Osiyoda hunarmandchilik sanoatining holati, Qirg‘izistonda hunarmandchilik kooperatsiyasi holati va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hisobot ma’ruzalar.
Qishloq xo‘jaligi masalalari
(1926 – 1934)
O‘rta Osiyoni kolxozlashtirish (1925 – 1928) va birinchi besh yillikda kolxozlarning rivojlanish masalalari, O‘zSSRda qishloq xo‘jaligining asosiy turlari va ayrim hududlarda iqtisodiyotdagi ulushi, O‘rta Osiyoda maxsus ekinlarning ekish madaniyatini rivojlanishi (1927 – 1932). O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining paxtachilikni qayta tashkil etish bo‘yicha yig‘ilishi bayonnomalari.
O‘rta Osiyoda paxtachilikning holati bo‘yicha konyuktur sharhlar, yer islohotining (1925 – 1927) paxtachilikni rivojlantirishga ta’siri va paxta hosildorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’ruza hisobotlar.
O‘rta Osiyo respublikalarida pillachilikni rivojlantirish rejalari, pillachilik haqida iqtisodiy sharhlar, qishloq xo‘jaligi ishlari to‘g‘risidagi hisobotlar, O‘rta Osiyoda ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha SSSR Mehnat va Mudofaaa kengashi bilan yozishmalar.
O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi qurultoyining O‘rta Osiyoda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha ma’ruzalari va rezolyutsiyalari; O‘rta Osiyoning chorvachilikka ixtisoslashgan hududlarida chorvachilikning holati bo‘yicha iqtisodiy sharhlar; podalar holatiga oid sharhlar (1930), qorako‘lchilikni rivojlantirish, qo‘ychilik sovxozlari va kolxoz tovar xo‘jaliklarini tashkil etish to‘g‘risidagi ma’ruzalar, O‘zbekiston SSRda qo‘ychilik sohasini rivojlantirish rejalari (1926 – 1932), qoramollar sonini ko‘paytirish, go‘sht fermalarini qurish.
O‘rta Osiyoda asalarichilik, bog‘dorchilik, uzumchilik va o‘rmonchilikning ahvoli va ularni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida tahliliy hisobotlar.
O‘rta Osiyo ilmiy-tadqiqot muassasalarining teri-ko‘nchilik moddalari, O‘rta Osiyoning tolali, manzarali, piyozsimon va ildizpoyali o‘simliklari bo‘yicha tajriba tadqiqotlari, “Lektexsire” O‘rta Osiyo idorasi faoliyati, efir moyi va dorivor o‘simliklarni yetishtirish madaniyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’ruzalari.
SSSR Xalq Komissarlari Soveti va Mehnat va Mudofaaa kengashining O‘rta Osiyodagi irrigatsiya qurilishi va irrigatsiya tizimlaridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlari, O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashi huzuridagi suv meliorativ shirkatlari va suv xo‘jaligi qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomlar; Sirdaryo, Amudaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo, Chirchiq, Angren, Talas, Murg‘ob suv havzalarida sug‘orish bo‘yicha besh yillikka mo‘ljallangan chora-tadbir rejalari, irrigatsiya tizimlarining holati va faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalar. Markaziy Osiyo respublikalarining meliorativ kooperatsiyalari, Markaziy Osiyoda irrigatsiya tizimida suvni tejash chora-tadbirlari to‘g‘risida; Markaziy Osiyo suv xo‘jaligi organlari byulletenlari.
Yer islohotlari natijasida tortib olingan yerlarni taqsimlash va yangi sug‘oriladigan yerlarda shart sharoitlarni yaxshilash borasidagi rejalar (1928 – 1933), O‘rta Osiyo respublikalari Yer ishlari xalq komissarliklarining yer va suv islohotini amalga oshirish to‘g‘risidagi ma’ruza va hisobotlari. O‘rta Osiyoda sug‘oriladigan yerlarni shart-sharoitlar bilan ta’minlash, O‘rta Osiyoda aholini ro‘yxatga olish ishlarining olib borilishi. Yerlarni taqsimlash ishlarining O‘rta Osiyo respublikalarida ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish va texnik ahamiyati, yangi sug‘oriladigan hududlarda xo‘jaliklarni tashkil etish masalalariga oid sharhlar.
O‘rta Osiyo respublikalarida traktor va qishloq xo‘jaligi mashinalarining ko‘paytirish haqida ma’lumotlar.
Sanoat va aholi turmush tarzini yaxshilash masalalari
(1926 – 1934)
SSSR va O‘rta Osiyo shaharlarida kommunal qurilishi va shart-sharoitlarni takomillashtirish hamda O‘rta Osiyoga qurilish materiallarini olib kelish rejalari. O‘zbekiston SSRda sanoat qurilish va elektrifikatsiya vositalariga bo‘lgan ehtiyojlar haqida.
O‘rta Osiyoda qurilish ishlarini olib borish 2-majlis stenografik hujjatlari, qurilish tashkilotlarining hisobotlari; sanoat qurilish ishlarining olib borilishi haqida yozishmalar, O‘rta Osiyoda elektrlashtirish va Oliy ta’lim muassasalari uchun binolar qurish rejalari.
Aloqa va transport masalalari
(1926 – 1934)
SSSR Aloqa yo‘llari komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasining temir yo‘llari qurilishi va ulardan foydalanish, temir yo‘llar va avtotransport yo‘llarini tarmoqlarini rivojlantirish rejalari to‘g‘risidagi ma’ruzalari. Turkiston-Sibir temir yo‘li qurilishiga oid majlis bayonnomalari.
O‘rta Osiyoda kemachilik ishlari va yuk tashishga oid hisobotlar, Amudaryo, Orol dengizi va Issiqko‘lda suv yo‘llarini rivojlantirish, “Dobrolet” aksionerlik jamiyatining stenografik hisobotlari, havo yo‘llari ishlarini qayta tashkil etish bo‘yicha ma’ruzalar.
SSSR Aloqa xalq komissarligi va O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining O‘rta Osiyoda aloqa organlarining faoliyati, aloqa tizimini rivojlantirish, mahalliy aholi vakillari orasidan malakali kadrlar tayyorlash, O‘rta Osiyoda elektr tarmoqlari tizimini takomillashtirish haqidagi qarorlar.
O‘rta Osiyoda barcha aloqa turlarini rivojlantirish va takomillashtirish va rivojlantirish rejalari, Markaziy Osiyoda aloqa organlarining faoliyati to‘g‘risidagi hisobot va ma’ruzalar.
Moliyaviy masalalar
(1926 – 1934)
SSSR Xalq Komissarlari Soveti va Mehnat va Mudofaaa kengashi va O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi prezidiumining O‘rta Osiyo Xalq xo‘jaligini moliyalashtirish, uzoq muddatli sanoat kredit berish masalalarini qayta ko‘rib chiqish, paxta yetishtirish hududlarida omonat kassalarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlar. Markaziy Osiyo davlatlaridagi banklar, jamg‘arma kassalari va xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari faoliyati to‘g‘risida moliyaviy rejalar va hisobotlar, paxtachilikni rivojlantirishda soliq siyosatining o‘rni haqida ma’ruzalar. O‘rta Osiyo respublikalari budjetlarining statistik ma’lumotlari, o‘zaro kredit jamiyatlari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar, O‘rta Osiyoda pul aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Madaniyat, mehnat va maishiy xizmat ko‘rsatish masalalari
(1926 – 1934)
Oliy maktablar va texnikumlarning ishi bo‘yicha o‘quv dasturlari va hisobotlari.
SSSR MIQ, XKS va VKP (b) MQ ning O‘rta Osiyo byurosining paxtachilik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, tabiiy kauchuk tolasini olish imkoni bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish va quyosh energiyasidan foydalanish, O‘rta Osiyoda ilmiy tadqiqot institutlar faoliyati oid qarorlar, O‘rta Osiyodagi ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy ekspeditsiya va tajriba stansiyalari faoliyati bo‘yicha ish rejalari va hisobotlar.
O‘rta Osiyo respublikalari Sog‘liqni saqlash xalq komissarliklarining sanitariya va sog‘lomlashtirish tadbirlar bo‘yicha rejalari va hisobotlari, O‘rta Osiyoda sog‘liqni saqlash masalalarining holati va rivojlantirish rejalari, O‘rta Osiyodagi dam olish maskanlarining faoliyati to‘g‘risidagi ish rejalari va hisobotlari.
SSSR XKS va O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashining korxonalarni ishchi kuchi bilan ta’minlash va mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qarorlari, qurilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash, O‘rta Osiyo Mehnatni muhofaza qilish institutini tashkil etish, korxonalarni uzluksiz ish haftasiga o‘tkazish va Toshkentda O‘rta Osiyo “Spartakiada”sining ochilishi va o‘tkazilishi uchun (1934), Markaziy sport majmuasi qurilishi to‘g‘risidagi qarorlar.
Savdo va ta’minot masalalari
(1926 – 1934)
O‘rta Osiyo respublikalariga tovarlarni olib kirish va sotish rejalari, O‘rta Osiyo respublikalaridagi bozorlar haqida konyuktyur sharhlar va savdo tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risidagi sharhlar;
O‘rta Osiyo Sharqiy savdo palatasi va Toshkent tovar birjasining O‘rta Osiyo respublikalarini non bilan ta’minlash bo‘yicha hisobotlari. SSSR Mehnat va Mudofaaa kengashi, Savdo aloqalari komissarligi va O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashining O‘rta Osiyo respublikalarining tovar birjalari, yarmarkalari, bojxona muassasalarini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari.
Shahar va qishloq joylarida chakana savdo narh-navolarining o‘zgarishi bo‘yicha ma’lumotlar. Sanoat xomashyosi va qishloq xo‘jaligi va sanoat xomashyolarini g‘amlash bo‘yicha hisobotlar.
Kooperatsiya masalalari
(1926 – 1934)
SSSR XKSning qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlar. Tojikiston SSRda qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalari bo‘yicha ish rejalari (1929–1930), qishloq xo‘jaligi, paxtachilik, iste’mol kooperatsiyalarining holati bo‘yicha kooperatsiya organlarining hisobot, ma’ruza va ma’lumotnomalari.