O‘zSSR Inqilobiy qo‘mitasining 1921 yil 22 noyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan.
O‘zbekiston SSR MIQ va XKS majlislarining qarorlari va jurnallari, O‘zbekiston SSR Moliya komissarligi to‘g‘risidagi farmoyishlari, O‘zbekiston SSR Moliya komissarligi hay’ati va budjet yig‘ilishlarining bayonnomalari, moliyalashtirish bo‘yicha statistik raqamlar. O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligi, O‘zbekiston SSR MIQning viloyatlarni o‘rganish bo‘yicha komissiyasi faoliyatiga oid umumiy xulosalar va O‘zbekiston SSR mahalliy budjetini va iqtisodiyotini o‘rganish bo‘yicha hisobot tezislar, tarmoqlar bo‘yicha moliyaviy hisobotlar; O‘zbekiston SSR Moliya Xalq Komissarligining ma’ruza hisobotlari; Moliya komissarligining davlat daromadlari boshqarmasi va soliq boshqarmasi faoliyati to‘g‘risidagi, O‘zbekiston SSR budjetining ijrosi to‘g‘risida, O‘zbekiston SSR xalq komissarliklari, korxona va muassasalarining smeta xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotlar va ular bo‘yicha xulosalar; O‘zbekiston viloyatlarining smeta budjetlari bo‘yicha xarajatlar va daromadlar haqida hisobotlar; respublika ma’muriyati va korxonalarining moliyaviy faoliyatini o‘rganilganligi to‘g‘risida auditorlik guvohnomalari; davlat kreditlarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar; Smetalarni tasdiqlash va o‘zgartirish, soliqlarning kelib tushishi, kreditlar ijrosi va boshqa masalalar bo‘yicha hududiy moliya boshqarmalari bilan yozishmalar.