1932 yil 5 iyulda tashkil etilib, 1936 yil avgustda bank faoliyati tugatilgan.
SSSR va O‘zSSR XKSsining, SSSR, O‘zSSR Moliya Xalq Komissarligining va O‘zSSR Davlat reja qo‘mitasining kapital qurilish, paxta tayyorlash va sanoat kooperatsiyasini moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlari.
“Vsekobank” boshqaruvi yig‘ilishlari, “Vsekobank” vakolatli aksiyadorlari yig‘ilishlari, bank idoralarining boshqaruvchilari va kredit rejalashtirish bo‘yicha yig‘ilishlari bayonnomalari. “Vsekobank”ning O‘zbekiston bo‘limiga buyurtmalar, O‘zbekiston SSR sanoat va iste’mol kooperatsiyasi tizimiga hamda og‘ir va yengil sanoat korxonalarini mablag‘lashtirish rejalari (1933 – 1934). “Vsekobank”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotlar va iqtisodiy sharhlari (1932 – 1935); O‘zbekistondagi Butunittifoq paxta tayyorlash uyushmasining yillik xo‘jalik faoliyati va moliyalashtirilish (1933 – 1934 yillar) to‘g‘risidagi hisobotlar, O‘rta Osiyo davlat trestlari va kooperativ birlashmalarining yillik hisobotlari bo‘yicha xulosalar, sanoat mahsulotlarining narx-navolari.