SSSR MIQ va XKSning 1936 yil 17 avgustdagi farmoni bilan tugatilgan Butunittifoq Kapital qurilishni moliyalashtirish banki (Vsekobank) negizida Butunittifoq Kapital qurilishni moliyalashtirish banki (Torgbank) tashkil etilib, uning O‘zbekiston SSR boshqarmasi tashkil etilgan. “Torgbank” O‘zbekiston filialining vazifalariga savdo tashkilotlarining kapital qurilishi va boshqa investitsiyalarini moliyalashtirish hamda savdo kooperatsiyasi va nogironlar kooperatsiyasi tashkilotlarini kreditlash kirgan. SSSR Moliya ministrligining 1956 yil 3 sentyabrdagi buyrug‘i asosida 1957 yil 1 yanvardan bank faoliyati tugatilgan.
SSSR Oliy Kengashi prezidiumi, XKS va Moliya ministrligi, O‘zSSR Oliy Kengashi prezidiumi va Moliya ministrligining farmonlari, qarorlari, sirkulyarlari va ko‘rsatmalari; SSSR Savdo banki boshqaruvining buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari; “Torgbank”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi uchun buyurtmalar; “Torgbank”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ish rejalari, savdo va kooperativ muassasalarining kapital mablag‘larini moliyalashtirish rejalari; “Torgbank”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va hududiy bo‘linmalarining yillik hisobotlari; Sanoat kooperatsiyasini moliyalashtirish va kreditlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, “Torgbank” xodimlarini masofaviy o‘qitish bo‘yicha yozishmalar.