SSSR Davlat Sug‘urta boshqarmasining O‘zbekiston SSR va Turkmaniston SSR bo‘yicha vakolatxonasining 1925 yil 21 apreldagi buyrug‘iga ko‘ra tashkil etilgan.
O‘zbekiston SSR MIQ, XKS va mahalliy sovetlarning davlat sug‘urtasi to‘g‘risidagi qarorlari; Davlat sug‘urta tashkiloti va viloyat ishchilarining I Butunittifoq s’ezdi (1925), mol-mulk sug‘urtasi, O‘zbekiston SSR davlat sug‘urtasi va hududiy bo‘limlari bo‘yicha buyruqlar, mol-mulk, chorva, ekinlar, g‘o‘za, qishloq xo‘jaligi ekinlari, fabrika va zavod jihozlari bo‘yicha sirkulyar va yo‘riqnomalar; O‘zbekiston davlat sug‘urta tashkiloti va hududiy bo‘limlarining hisobotlari, korxona va muassasalarning mol-mulkini sug‘urta qilish bo‘yicha yozishmalar.