1924 yil dekabr oyida O‘zbekiston SSR sanoat va savdo korxonalarini tartibga soluvchi, boshqaruvchi va nazorat organi sifatida tuzilgan. 1932 yil aprel oyida O‘zbekiston SSR MIQ qarori bilan O‘zbekiston SSR Yengil sanoat xalq komissarligi etib, qayta tashkil etilgan.
SSSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashining farmoyishlari va sirkulyarlari, SSSR Mehnat va Mudofaaa kengashining O‘rta Osiyodagi Vakolatxonasi qarorlari, “Sredazekoso” qarorlari, majlis bayonnomalari, farmoyishlari va sirkulyarlari. O‘zbekiston SSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi prezidiumi majlislari; ilmiy-texnik kengashi, qurilish qo‘mitasi majlislari va O‘zbekiston SSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashining boshqarmalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarining bayonnomalari.
O‘rta Osiyo xalq xo‘jaligini rivojlantirishning besh yillik rejasi (1926 – 1930); O‘zbekiston sanoatini rivojlantirish va elektrlashtirishning besh yillik rejasi (1926 – 1930); O‘zbekiston SSRda sanoatning ayrim tarmoqlari: ko‘mir, mis, metallurgiya, alebastr, ozokerit, qo‘rg‘oshin-rux, shisha, paxta, neft, spirtli ichimliklar ishlab chiqarish va boshqalarni rivojlantirishning besh yillik rejalari; O‘zbekiston SSR sanoati bo‘yicha ko‘rsatkich raqamlari va sanoat korxonalari rejalariga tushuntirish xatlari; Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi Prezidiumining O‘zbekiston sanoati to‘g‘risidagi hisoboti; O‘zbekiston SSRda sanoatning alohida tarmoqlarini rivojlantirish rejalariga tushuntirish xati.
Ayrim sanoat korxonalari va birlashmalarining qurilishi, moliyalashtirilishi va faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalar va hisobotlar, O‘zbekiston SSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashining taftish komissiyasining hisobotlari, O‘zbekiston SSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashining ma’ruzalari hamda O‘zSSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashiga qarashli davlat trestlari, birlashmalari, fabrikalar, zavodlar faoliyati to‘g‘risidagi yozishmalar; sanoat korxonalari va birlashmalari bo‘yicha bozor tadqiqotlari; sanoat korxonalari ishining asosiy ko‘rsatkichlarining xulosalari, tarmoq va korxonalarning o‘rganish dalolatnomalari, O‘zbekiston SSR sanoatida ishchi kuchining o‘sishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.