Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

SSSR OG‘IR SANOAT XALQ KOMISSARLIGINING O‘ZBЕKISTON SSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI HUZURIDAGI VAKOLATXONASI

Fond raqami:
R-83
Saqlov birligi:
463
Davriy chegarasi:
1932 - 1936

Tashkilot tarixi

1932 yil fevral oyida tashkil etilib, SSSR Og‘ir sanoat xalq komissarligining O‘zbekiston SSRdagi vakolatxonasi buyrug‘i bilan 1936 yil 19 yanvarda tugatilgan.


Fond sharhi

SSSR va O‘zbekiston SSR XKS bo‘yruqlari, farmonlari, sirkulyarlari va ko‘rsatmalari,  SSSR Og‘ir sanoat xalq komissarligi va komissarlikning O‘zbekiston SSRdagi vakolatxonasi bo‘yruqlari; O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi Prezidiumi, O‘zbekiston SSR Davlat reja qo‘mitasi, O‘zbekiston SSR XKS huzuridagi SSSR Og‘ir sanoat xalq komissarligi vakolatxonasi, O‘zbekistonda og‘ir sanoat masalalari bo‘yicha konferensiya o‘tkazish bo‘yicha komissiya majlis bayonnomalari.  

O‘zbekiston SSR og‘ir sanoati bo‘yicha O‘zbekiston SSR XKS huzuridagi SSSR Og‘ir sanoat xalq komissarligi vakolatxonasining tahliliy sharhlari (1932 – 1935, O‘zbekistonda og‘ir sanoatni rivojlantirishning ikkinchi besh yillik rejasi, alohida korxonalarning besh yillik rejalari (1932 – 1937 yillar).