O‘zbek-qirg‘iz toshko‘mir qo‘shma sanoati “Farg‘ona ko‘mir” tresti 1925 yil 1 oktyabrda tashkil etilgan. SSSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashining 1927 yil 1 oktyabrdagi qaroriga asosan tashkilot nomi “O‘rta Osiyo toshko‘mir” tresti deb o‘zgartirilgan. Trest toshko‘mir, tuproq, g‘isht, ohak, alebastr ishlab chiqarish, qazib olish va sotish vazifalarini bajargan.
“Farg‘onako‘mir” tresti Ustavi va Nizomi (1925 yil), “Farg‘onako‘mir” tresti boshqaruvi majlislari bayonnomasi; SSSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashining Farg‘ona ko‘mir trestini “O‘rta Osiyo toshko‘mir” (“Sredazugol”) tresti sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori (1927), “Sredazugol” trestining ustavi (1927).
Ko‘mir qazib olish va sotish bo‘yicha ishlab chiqarish dasturlari va besh yillik rejalarini tayyorlash to‘g‘risida SSSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi va Mehnat va Mudofaaa Kengashi va “Sredazugol” tresti boshqaruvi bo‘yicha qarorlari, farmoyishlari va sirkulyarlari; “Sredazugol” trestining texnik yig‘ilishlari bayonnomalari, SSSR Mehnat va Mudofaaa Kengashining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasini ko‘mir sanoati ish rejalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilish bayonnomalari.
Korxonalar faoliyati va ishlab chiqarish rejalari to‘g‘risidagi hisobotlar; “Sredazugol” trestining O‘rta Osiyo ko‘mir sanoatida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha sharhlari va ma’lumotlar (1927 – 1928 yillar).
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘mir korxonalari mahsulotlari savdosi assotsiatsiyasi yig‘ilishlari bayonnomalari.