Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

O‘ZBЕKISTON SSR MINISTRLAR SOVЕTI HUZURIDAGI MAHALLIY YOQILG‘I SANOATI BOSH BOSHQARMASI (Glavtopprom)

Fond raqami:
R-1977
Saqlov birligi:
2585
Davriy chegarasi:
1942 - 1953

Tashkilot tarixi

O‘zbekiston SSR XKSning 1942 yil 22 yanvardagi qaroriga asosan O‘zSSR  yoqilg‘i tresti tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston SSR XKS qoshida “Mahalliy yoqilg‘ini qazib olish, g‘amlash va ta’minlash” boshqarmasi tashkil etilgan. O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1947 yil 17 fevraldagi qarori bilan Uztop O‘zSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Mahalliy yoqilg‘i sanoati Bosh boshqarmasi (“Glavtopprom”) deb o‘zgartirildi. O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1953 yil 1 iyundagi qarori asosida boshqarma faoliyati  tugatilgan.


Fond sharhi

SSSR va O‘zbekiston SSR XKSining mahalliy yoqilg‘i sanoatini rivojlantirish, O‘zbekistonni yoqilg‘i bilan ta’minlash, konlarni qurilish to‘g‘risidagi qarorlari; SSSR Ko‘mir Sanoati xalq komissarligi, O‘zbekiston SSR mahalliy yoqilg‘i ta’minoti boshqarmasining bo‘yruqlari. “Qizil-qiya” koni qurilish boshqarmasi, Toshkent shahar yoqilg‘i tresti (Toshto‘p), O‘zbekiston SSR Mahalliy yoqilg‘i sanoati boshqarmasining Qo‘qon-Buxoro, G‘uzor, Samarqand, Qorako‘l filiallari to‘g‘risidagi Nizom.

O‘zbekiston mahalliy yoqilg‘i sanoati xodimlarining respublika yig‘ilishlarining stenografik hisobotlari, sanoat bo‘yicha mas’ul shaxslarning yig‘ilishlari; O‘zbekiston SSR Mahalliy yoqilg‘i sanoati boshqarmasining ishlab chiqarish bo‘yicha hisobotlari va boshqarma faoliyatiga oid davriy matbuotlarda nashr etilgan maqolalari.   O‘zbekiston SSR Mahalliy yoqilg‘i sanoati boshqarmasining konlarni qazib olish ishlari bo‘yicha ma’ruza hisobotlari.

Sirdaryobo‘yi o‘rmon xo‘jalik yerlarining O‘zbekiston SSR Mahalliy yoqilg‘i sanoati boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazish, yoqilg‘i qazib olish va tayyorlash rejasining bajarilishi, torf tayyorlash uchun kolxozlarga yer uchastkalarini ajratish, yoqilg‘i omborlari va respublikani yoqilg‘i bilan ta’minlash bo‘yicha yozishmalar.

  O‘zbekiston SSR Mahalliy yoqilg‘i sanoati boshqarmasi va uning bo‘limlarining barcha turdagi yoqilg‘ilarni g‘amlash va tovar aylanmasiga oid Sanoat-moliya va ishlab chiqarish rejalari (1942 – 1953).

O‘zbekiston SSR Mahalliy yoqilg‘i sanoati boshqarmasining uskunalarga bo‘lgan ehtiyojiga oid rejalari, yangi texnologiyani joriy etish va ishlab chiqarish va texnik yig‘ilishlar bayonnomalari.

Ko‘mir konlari, torf va yog‘och tayyorlash tashkilotlari uchun ishlab chiqarish normalari va narxlari.

Boshqarmaning hududiy bo‘limlari orasidagi sotsialistik musobaqalar (1941 – 1942 yillar) haqida ma’lumot, xodimlarning sotsialistik majburiyatlari, Boshqarmaning bo‘limlarida faoliyat olib borgan ilg‘or ishchi va xizmatchilari ro‘yxati.