Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

BUTUNITTIFOQ OLTINGUGURT VA OLTINGUGURT MAHSULOTLARI QAZIB OLISH DAVLAT TRЕSTI (SOYUZSЕRA)

Fond raqami:
R-109
Saqlov birligi:
Davriy chegarasi:
-

Tashkilot tarixi

SSSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi Prezidiumining 1931 yil 13 sentyabrdagi farmoni bilan tashkil etilgan. Tashkilot nomi qisqartirilib “Soyuzsera” tresti deb yuritilgan. Trest O‘zbekistonda Sho‘rsuv, Turkmanistonda Qoraqum, Gaurdak va Aydan, Kavkazortidagi Gumur, Qrimda Chekur-Koyash konlarini birlashtirgan. 1936 yil dekabrda trest faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

SSSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi, Davlat Reja Komissiyasi, Og‘ir Sanoat xalq komissarligi va Kimyo sanoati Bosh boshqarmasi, Butunittifoq “Soyuzser” tresti, O‘zbekiston SSR va  Turkmaniston SSR MIQning tog‘-kon sanoatida mehnatni tashkil etish haqidagi buyruqlari va farmoyishlari; trestning alohida konlarini boshqaruvi bo‘yicha buyruqlari.

Rangli metallurgiya korxonalari ishchilarining Butunittifoq konferensiyasining stenografik ma’ruzalari (1935), trest va tog‘-kon bo‘limlari boshqaruvi yig‘ilishlari, trest boshlig‘i bilan o‘tkazilgan yig‘ilishlar va bosh muhandis bilan o‘tkazilgan texnik yig‘ilishlar bayonnomalari; ishlab chiqarish rejalari, trest faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar (1932 – 1936 yillar), kapital qurilish rejalari (1933 –1935 yillar).