O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi prezidiumining 1946 yil 15 iyuldagi farmoni bilan tashkil etilgan. SSSR va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1957 yil iyundagi qarorlari bilan ministrlik tugatilgan.
SSSR va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining farmonlari, O‘zbekiston SSR Qurilish materiallari sanoati ministrligining buyruqlari va ko‘rsatmalari. Ministrlik hay’ati, zavod rahbariyati, ishlab chiqarish-texnik yig‘ilishlar va xodimlarning umumiy yig‘ilishlari bayonnomalari. Qurilish materiallari sanoati korxonalarining ishlab chiqarish rejalarining bajarilishi, zavodlarning texnik loyihalari va ularni jihozlash bo‘yicha hisobotlar.
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi, O‘zbekiston SSR Davlat reja komissiyasi va korxonalar bilan g‘isht zavodlarini qurish, qurilish materiallari sanoati uchun xomashyoni geologik o‘rganish, texnologiyani joriy etish, sotsialistik musobaqalar, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish va uylar qurish masalalari bo‘yicha yozishmalar.