Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

SSSR YENGIL SANOAT XALQ KOMISSARLIGINING O‘ZBЕKISTON SSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI HUZURIDAGI VAKOLATLI BOSHQARMASI

Fond raqami:
R-84
Saqlov birligi:
365
Davriy chegarasi:
1934 - 1936

Tashkilot tarixi

SSSR Yengil sanoat xalq komissarligining 1934 yil 14 oktyabrdagi buyrug‘i va O‘zSSR XKSining 1934 yil 30 noyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan. SSSR Yengil sanoat xalq komissarligining 1936 yil 8 dekabrdagi buyrug‘i asosida vakolatxona faoliyati to‘xtatilgan.


Fond sharhi

SSSR va O‘zbekiston SSR MIQ va XKS, SSSR Mehnat va Mudofaaa Soveti hamda Yengil sanoat xalq komissarligining O‘zbekistonda yengil sanoatni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi farmon va sirkulyarlari; SSSR Sanoat xalq komissarligi Vakolatxonasi va O‘zbekiston SSR Davlat reja qo‘mitasi huzuridagi majlislar bayonnomalari; “O‘zbekipaksanoat” trestida kapital qurilish rejasi (1935); Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasida to‘qimachilik va yigiruv ishlab chiqarish, mehnat va reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha sharhlar (1935); “O‘zbekipaksanoat” trestining ko‘rsatkichlari (1935–1936 yillar) to‘g‘risidagi hisobot va memorandumlari, Butunittifoq junni qayta ishlash birlashmasining O‘zbekiston SSRdagi idorasi (1935)ning xisobotlari (1936), Stalin nomidagi Toshkent tekstil kombinati faoliyati va rejalari, O‘zbekiston SSR sovxoz sektorida jun qirqish rejasini bajarilishi (1935), O‘zbekiston viloyatlarida jun sotib olish (1935) haqidagi hujjatlar.