Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

O‘ZBЕKISTON SSR XALQ XO‘JALIGI OLIY KЕNGASHI QOSHIDAGI O‘ZBЕKISTON "QIZIL SHARQ" DAVLAT QOG‘OZ ISHLAB CHIQARISH TRЕSTI Buxoro sh.

Fond raqami:
R-1867
Saqlov birligi:
277
Davriy chegarasi:
1923 - 1932

Tashkilot tarixi

1923 yil 1 yanvarda Buxoro Xalq Respublikasi Savdo-sanoat Nozirligi qoshida Buxoro-Rossiya paxta ishlab chiqarish uyushmasi tashkil etilib, u 1923 yil 4 maydan SSSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi tasarrufiga o‘tkazilgan. 1925 yil 17 martda O‘zbekiston SSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi tarkibida  O‘zbekiston “Qizil Sharq” (“Qizil Sharq”) davlat paxta tresti etib qayta tashkil etildi. Trest 1932 yilda tugatilgan.


Fond sharhi

“Buxoro-Rossiya paxtachilik shirkati” va “Qizil sharq” tresti boshqaruvining buyruqlari, farmoyishlari va majlis bayonnomalari.

“Qizil sharq” tresti va unga qarashli yigiruv-to‘quv fabrikalari faoliyatining ishlab chiqarish rejalari, memorandumlari, hisobotlari va sharhlari.

O‘zbekiston SSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi buyruqlari, farmoyishlari va Farg‘ona shahrida to‘qimachilik fabrikasi qurilishi to‘g‘risidagi yozishmalar. Yigiruv va to‘quv kombinatlarining ishlab chiqarish dasturlarini bajarilishshi, trest korxonalarini kengaytirish, ijtimoiy sug‘urta, to‘qimachilik kombinatlariga ishchilarni tayyorlash bo‘yicha hisobotlari va yozishmalari.