Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

O‘ZBЕKISTON SSR SAVDO XALQ KOMISSARLIGI (Narkomtorg UzSSR)

Fond raqami:
R-91
Saqlov birligi:
1009
Davriy chegarasi:
1920 - 1930

Tashkilot tarixi

1924 yil 1 dekabrda O‘zSSR Ichki savdo xalq komissarligi tashkil etilib, 1926 yil 25 iyulda O‘zSSR Tashqi va ichki savdo xalq komissarligi etib qayta tashkil etilgan. 1930 yil 22 noyabrda O‘zSSR Tashqi va Ichki savdo xalq komissarligi tugatilib, uning o‘rniga O‘zSSR Ta’minot Xalq Komissarligi tashkil etildi. 1934 yil 29 iyulda O‘zSSR Ichki Savdo Xalq Komissarligi qayta tashkil etilib, 1938 yil 20 avgustda O‘zSSR Savdo Xalq Komissarligi deb o‘zgartirildi.


Fond sharhi

MIQ, XKS, Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi, SSSR va O‘zbekiston SSR Xalq Savdo Komissarligining g‘alla tayyorlash, xomashyo (qorako‘l, jun, qo‘qon terilar v.b.) xarid qilish va shartnoma tuzish to‘g‘risidagi qarorlari va majlis bayonnomalari (pilla, teri va boshqalar), qishloq xo‘jaligi va sanoat tovarlari narxlari (paxta matolari, charm buyumlar, metall va shisha-chinni buyumlar), O‘zbekiston SSRda tovarlarni olib kirish, ulardan foydalanish va sotish tartibi to‘g‘risida; qishloq xo‘jaligi kredit kooperatsiyasi III qurultoyi majlislari bayonnomalari; O‘zbekiston SSRda savdo masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar, sirkulyarlar va statistik ma’lumotlar; O‘zbekiston SSR hududiy ichki savdo boshqarmalari to‘g‘risidagi Nizom.

SSSR va O‘zbekiston SSR Savdo xalq komissarligining savdo rejalari; O‘zbekiston SSRga don va qishloq xo‘jaligi asbob-anjomlarini olib kirish rejalari, O‘zbekiston SSR ipakchilik va qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasining besh yillik rejasi, O‘zbekiston SSR Savdo xalq komissarining eksport rejalari; O‘zbekiston iste’mol kooperativlari uyushmasining savdo-moliyaviy faoliyati rejasi; O‘zbekiston SSRda paxta tovarlari harakati, tovarlarning ulgurji va chakana savdosi, RSFSRdan metall, silikat mahsulotlari va shakar importi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; O‘zbekiston SSR XKS, Davlat Reja komissiyasi va xalq komissarliklari bilan respublikaning ayrim tumanlarini ta’minlash bo‘yicha yozishmalar.