1925 yil 18 yanvarda tashkil etilib, 1935 yil 20 avgustda O‘zbekiston SSR Savdo xalq komissarligining Mahalliy savdo Bosh boshqarmasi bilan birlashtirilgan.
O‘zbekiston SSR Savdo xalq komissarligi majlis bayonnomalari, O‘zbekiston SSR Oliy Xo‘jalik Kengashining “O‘zbekiston SSR Davlat ulgurji va chakana savdo tresti” to‘g‘risidagi farmoyishlar; “O‘zbekiston SSR Davlat ulgurji va chakana savdo tresti” hisobotlari: O‘zbekiston SSR Savdo xalq komissarligi bilan respublikaga metall mahsulotlarini olib kirish, O‘rta Osiyo respublikalariga tovar olib kirish rejalari, g‘alla tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning holati to‘g‘risidagi yozishmalar; “O‘zbekiston davlat ulgurji va chakana savdo tresti” va uning bo‘limlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar va yozishmalar.