RSFSR Mudofaaa va Mehnat Kengashining 1922 yil 11 oktyabrdagi qarori bilan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi bilan savdo qilish va uning chegaralarida barcha turdagi tovarlar va xomashyolarni xarid qilish maqsadida Rossiya-Buxoro jamiyati tashkil etilgan. SSSR Mudofaaa va Mehnat Kengashining 1925 yil 22 maydagi farmoni bilan tashkilot nomi Rossiya-O‘rta Osiyo aksiyadorlik jamiyati deb o‘zgartirilgan. 1927 yil 21 noyabrda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan tugatilgan.
Rossiya-Buxoro va Rossiya-O‘rta Osiyo aksiyadorlik jamiyati kengashlarining buyruq, farmoyish va sirkulyarlari; Rus-Buxoro va Rossiya-O‘rta Osiyo aksiyadorlik jamiyati kengashlari majlislari, O‘zSSR Savdo xalq komissarligi va Markaziy xo‘jalik kengashida Buxoro bilan savdo bo‘yicha yig‘ilishlar bayonnomalari.
Rossiya-Buxoroning 1924 – 1925 yillardagi savdo-sotiq rejalari; Rus-Buxoro va Rossiya-O‘rta Osiyo aksiyadorlik jamiyati faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar; O‘rta Osiyodan tovar olib chiqish (1925 – 1926), xomashyo xarid qilish, O‘rta Osiyo respublikalari va viloyatlarida tovarlarni sotish (1925 – 1926) haqida ma’lumotlar; Tojikiston ASSR iqtisodiy sharhi (1925), Buxoro bozorining narx-navosiga oid sharhlar (1926).