Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

SSSR UMUMIY MASHINASOZLIK XALQ KOMISSARLIGINING XALQ ISTЕ’MOL MOLLARI SAVDOSI TRЕSTINING RЕSPUBLIKALARARO BOSHQARMASI Toshkent sh. (Tashkentskaya kontora Glavsbita NKOM SSSR)

Fond raqami:
R-701
Saqlov birligi:
264
Davriy chegarasi:
1926 - 1941

Tashkilot tarixi

1925 yilda Toshkent tikuv mashinalari sotish davlat birlashmasi tashkil etilib, 1929 yilda Toshkent sanoq, yozuv va tikuv mashinalari sotish davlat birlashmasining deposi etib qayta nomlangan. 1933 yilda Toshkent viloyati aniq sanoat buyumlarini sotish bo‘limiga, 1937 yildan keng tarmoqli mahsulotlarni ishlab chiqarish zavodlari bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boshqarmasi (Glavshirpotreb), 1939 yildan esa Toshkent keng tarmoqli mahsulotlarni sotish tresti boshqarmasi deb o‘zgartirilgan.

1940 yil 15 mayda SSSR Umumiy mashinasozlik xalq Komissarligi buyrug‘i bilan komissarlikning Toshkentdagi respublikalararo boshqarmasi tashkil etilib, 1941 yil 28 martda boshqarma faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

O‘zbekiston SSR XKSning xalq iste’mol tovarlari savdosi masalalari bo‘yicha qarorlari, sirkulyarlari va ko‘rsatmalari. Toshkent tikuv mashinalari sotish davlat birlashmasi, Toshkent sanoq, yozuv va tikuv mashinalari sotish davlat birlashma, Toshkent viloyati nozik sanoat buyumlarini sotish bo‘limi va “Glavshirpotreb” boshqarmalarining farmoyishlari va buyruqlari; “Glavshirpotreb”ning chakana va ulgurji tovar ayirboshlash rejalari va smetalari (1937 – 1938 yillar).

“Glavshirpotreb”ning tovar aylanmasi rejasining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlar (1937 – 1938 yillar); SSSR Umumiy Mashinasozlik xalq komissarligining xalq iste’mol mollari savdosi tresti Toshkent boshqarmasining ma’ruzalari va yillik hisobotlari.