Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

SSSR TASHQI SAVDO XALQ KOMISSARLIGINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATXONASI (Upolnarkomvneshtorg SSSR v Sredney Azii)

Fond raqami:
R-8
Saqlov birligi:
1415
Davriy chegarasi:
1919 - 1934

Tashkilot tarixi

1919 yil 4 noyabrda Turkiston ASSR Savdo va sanoat xalq komissarligi qoshida Tashqi savdo bo‘limi tashkil etilgan. 1921 yilda  Butunrossiya MIQ va RSFSR XKSning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiyasi tarkibiga o‘tkazilgan. 1921 yil 18 mayda Butunrossiya MIQ va RSFSR XKSning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiyasi tarkibida Tashqi savdo xalq komissarligining vakolatxonasi tashkil etilgan. Shu yilning 30 iyulida Tashqi savdo xalq komissarligining buyrug‘iga ko‘ra, RSFSR Tashqi savdo xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasi;  1922 yil 1 sentyabrda RSFSR Tashqi savdo xalq komissarligiyening, 1923 yildan esa SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasi etib tashkil etilgan. 1934 yil 15 oktyabrda tashkilot faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

RSFSR va SSSR Tashqi savdo xalq komissarligi, Turkiston ASSR XKS, SSSR va O‘rta Osiyo Tashqi savdo xalq komissarligining xomashyo tayyorlash to‘g‘risidagi buyruqlari va sirkulyarlari; Tashqi savdo xalq komissarligi boshqarmasi, uning bo‘limlari va idoralari to‘g‘risidagi Nizom; RSFSR va SSSR Tashqi savdo xalq komissarligi hay’ati majlislarining qarorlari va bayonnomalari hamda O‘rta Osiyo respublikalarida (1932 – 1933) texnik xomashyo va qorako‘l mo‘ynasini xarid qilish va tashkil etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar; O‘rta Osiyo respublikalari (1926 – 1927 yillar) bozorlari holati to‘g‘risidagi sharhlar, ma’ruzalar; agentlik va idoralarning savdo va xarid faoliyatini o‘rganish bo‘yicha hisobotlar.