Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

BUTUNITTIFOQ XORIJIY FUQAROLAR BILAN SAVDO ISHLARINI OLIB BORISH BIRLASHMASINING O‘RTA OSIYO VAKOLATXONASI (Upoltorgsin v Sredney Azii)

Fond raqami:
R-288
Saqlov birligi:
88
Davriy chegarasi:
1932 - 1934

Tashkilot tarixi

1932 yil 13 noyabrdagi SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatli boshqarmasining buyrug‘i bilan tashkil etilgan. SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining 1934 yil 5 oktyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.


Fond sharhi

Butunittifoq “Torgsin” uyushmasi boshqaruvi, Tashqi savdo xalq komissarligi va O‘rta Osiyo bo‘yicha “Torgsin” komissarining buyruqlari, farmoyishlari va majlis bayonnomalari; O‘rta Osiyo respublikalariga valyutalarni jalb qilish va tovarlarni sotish bo‘yicha rejalari va hisobotlari (1932 – 1933); “Torgsin”ning O‘zbekiston SSRdagi faoliyatiga sharhlar (1933); asosiy faoliyat bo‘yicha yillik hisobotlar (1932 – 1933).