Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

O‘ZBЕKISTON SSR MINISTRLAR SOVЕTI HUZURIDAGI BALIQCHILIK SANOATI BOSH BOSHQARMASINING TA’MINOT BO‘LIMI (Uzribsnab)

Fond raqami:
R-2125
Saqlov birligi:
72
Davriy chegarasi:
1945 - 1956

Tashkilot tarixi

O‘zbekiston SSR XKS qarori bilan uning qoshidagi  Baliqchilik sanoati Bosh boshqarmasi qoshida sanoat texnik ta’minot bazasi tashkil etilgan. 1948 yil O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston SSR baliqchilik sanoati korxonalarini moddiy-texnik bazasi bilan ta’minlash tresti nomi bilan qayta tashkil etilgan. 

Tashkilot Nizomiga ko‘ra, O‘zbekiston SSR baliqchilik sanoati korxonalarini sanoat-texnik va qurilish materiallari bilan ta’minlash vazifasini bajargan. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1953 yil 13 noyabrdagi qaroriga ko‘ra trest Xo‘jalik hisobi idorasi etib tashkil etilgan. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1957 yil 17 avgustda idora faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

SSSR Baliqchilik sanoati ministrligi, SSSR Baliqchilik sanoati ministrligining Ta’minot bosh boshqarmasi, O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va  Baliqchilik sanoati bosh boshqarmasi,  O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Baliqchilik sanoati bosh boshqarmasining ta’minot bo‘limining buyruq va farmoyishlari; mehnat, mablag‘larni taqsimlash va moddiy-texnik ta’minot rejalari; O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Baliqchilik sanoati bosh boshqarmasining ta’minot bo‘limini moddiy-texnik baza bilan ta’minlash va moliyalashtirish hujjatlari va trestining yillik hisobotlari saqlangan.