Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

SSSR RANGLI MЕTALLURGIYA MINISTRLIGINI ISHCHILAR BILAN TA’MINLASH BOSH BOSHQARMASINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATXONASI

Fond raqami:
R-2110
Saqlov birligi:
75
Davriy chegarasi:
1947 - 1954

Tashkilot tarixi

SSSR Rangli metallurgiya ministrligini  ishchilar bilan ta’minlash bosh boshqarmasining O‘rta Osiyo vakolatxonasi O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1946 yil 25 noyabrdagi qarori va SSSR Rangli metallurgiya Ministrligining 4 dekabrdagi  buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Vakolatxona ministrlikning respublikadagi  bo‘limlarini sanoat, non,  oziq-ovqat mahsulotlari va maxsus kiyimlar  bilan ta’minlash ishlarini bajargan.  1955 yilda tashkilot faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

SSSR Metallurgiya sanoati, Savdo va Rangli metallurgiya ministrliklari va vakolatxonasining O‘rta Osiyo bo‘yicha buyruqlar va ko‘rsatmalari; SSSR Rangli metallurgiya ministrligini  ishchilar bilan ta’minlash bosh boshqarmasi O‘rta Osiyo vakolatxonasining Nizomi, ta’minot markazlarining hisobotlari, boshqarma qoshidagi bo‘limlarning moliya-xo‘jalik faoliyati, chakana savdo va tovar aylanmasi haqidagi hisobotlar.