1942 yilda SSSR O‘rta Osiyo Mashinasozlik xalq komissarligining Ta’minot Bosh boshqarmasi Toshkent bo‘limi tashkil etilgan. 1946 yilda idora SSSR Avtomobil sanoati ministrligi tizimiga o‘tkazilib, SSSR Avtomobil sanoati ministrligining Ta’minot Bosh boshqarmasining Toshkent bo‘limi boshqarmasi nomi bilan atalgan. 1947 yilda tashkilot faoliyati tugatilgan.
SSSR O‘rta Osiyo Mashinasozlik, avtomobilsozlik ministrliklari, SSSR mashinasozlik xalq komissarligi ta’minot bosh boshqarmasi va uning Toshkentdagi idorasi buyruqlari. Toshkent shahar bo‘limi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom; yillik moliyaviy rejalar, tezkor va buxgalteriya hisobotlari. Toshkent idorasini SSSR Avtomobil sanoati ministrligi tizimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi dalolatnoma (1946).