Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

SSSR XOMASHYo ZAHIRALASH MINISTRLIGINING O‘ZBЕKISTON SSRDAGI VAKOLATXONASI (Upravleniye Upolminzaga SSSR v UzSSR)

Fond raqami:
R-2073
Saqlov birligi:
1074
Davriy chegarasi:
1932 - 1956

Tashkilot tarixi

1932 yil 13 martda O‘zbekiston SSR XKS huzurida SSSR Mehnat va Mudofaaa kengashining zahiralash qo‘mitasining vakolatxonasi tashkil etilgan. Xomashyo G‘amlash qo‘mitasi 1938 yil SSSR Ta’minot xalq komissariyatiga aylantirilib, uning qoshida  O‘zbekiston SSRdagi vakolatxonasi tashkil etilgan. 


1946 yil komissarliklarning ministrliklarga aylantirilishi natijasida, SSSR Zahiralash ministrligining O‘zbekiston SSRdagi vakolatxonasi etib tashkil etilgan. 1953 yil 1 iyunda Qishloq xo‘jaligi va zahiralash ministrliklarining birlashtirilgach, tashkilot Qishloq xo‘jaligi ministrligining Zahiralash bosh boshqarmasi sifatida faoliyat olib borgan.


1953 yil 21 dekabrda Zahiralash ministrligining qayta tashkil etilishi natijasida va SSSR Ta’minot ministligining O‘zbekiston SSRdagi boshqarmasi etib tashkil etilgan. 


SSSR G‘amlash ministrligining 1956 yil 31 yanvardagi qarori bilan 1956 yil 10 martda  boshqarma faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

SSSR va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining, SSSR va O‘zbekiston SSR Ta’minot ministrligining qarorlari, farmoyishlari va sirkulyarlari; SSSR Zahiralash ministrligining O‘zbekiston SSRdagi vakolotxonasining xomashyolarni zahiralash va shartnomlar tuzish, mahsulotlarni g‘amlash tashkiliy ishlari, teri va ichak xomashyosi, yung, meva-sabzavotlar, quruq va yangi uzilgan mevalar, quyon yungi, don, yog‘ ishlab chiqarish va texnik ekinlari, go‘sht va sut mahsulotlarini zahiralash bo‘yicha rejalar. 

Respublika zahiralash tashkilot organlarining mahsulot va xomashyolarni g‘amlash bo‘yicha o‘tkazilgan majlislarning stenografik hisobotlari, 

Poliz va chorva mollari mahsulotlar va boshqa xomashyo mahsulotlarini zahiralash rejalarini bajarishga oid Besh yillik reja (1946 – 1950) statistik ma’lumotlari.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini g‘amlash bo‘yicha o‘tkazilgan vakolatxona majlislarining stenografik hisobotlari.  

Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlar, “Ilg‘or g‘amlovchi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha SSSR Zahiralash ministrligi bilan olib borilgan yozishmalar.