1930 yil 19 avgustda Butunittifoq Muynachilik bosh boshqarmasining O‘rta Osiyodagi birlashmasi etib tashkil etilgan. SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining mo‘yna xo‘jaligi bosh boshqarmasining O‘rta Osiyo vakolatxonasi etib nomi o‘zgartirilgan. 1934 yilda tashkilot faoliyati tugatilgan.
“Soyuzpushnina” boshqarmasining buyruq va ko‘rsatmalari; moliya-kredit rejalari; xomashyolarni g‘amlash va savdo shartnomalarini tuzish bo‘yicha ma’lumotlar, O‘rta Osiyo respublikalarining mo‘yna xomashyolarini tayyorlash bo‘yicha “sotsialistik musobaqalar” bo‘yicha shartnomalar (1933).