Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

MINISTRLAR SOVЕTI HUZURIDAGI DARYO TRANSPORTI BOSHQARMASI

Fond raqami:
R-2085
Saqlov birligi:
395
Davriy chegarasi:
1949 - 1956

Tashkilot tarixi

SSSR Ministrlar Sovetining 1949 yil 20 avgustdagi qarori asosida O‘zbekiston SSR  Ministrlar Soveti huzurida kichik daryolarni transportda rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilgan.  O‘zbekiston SSR  Ministrlar Sovetining 1953 yil 25 iyundagi qarori bilan Daryo transporti bosh boshqarmasiga aylantirilib, O‘zbekiston SSR  yo‘l va transport xo‘jaligi ministrligiga topshirilgan. SSSR Ministrlar Sovetining 1954 yil 7 avgustdagi qarori asosida Daryo transporti bosh boshqarmasi  O‘zbekiston SSR  Ministrlar Soveti qoshidagi Daryo transporti boshqarmasiga aylantirilgan. Boshqaruv funksiyalariga, daryolar va magistral kanallar orqali mahalliy yuk tashishni rivojlantirish, flotni qurish va uning moddiy-texnik ta’minoti, respublikadagi barcha yuk tashish kemalarini ishga tushirish, kichik daryolar va kanallarda kemalarda yuk tashish va ulardan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish kirgan. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1956 yil 12 noyabrdagi qarori asosida tugatildi.


Fond sharhi

O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti qarorlari va farmoyishlari; SSSR Daryo floti va Moliya ministrligining,  O‘zbekiston SSR  Moliya ministrligining buyruqlari, “Uzrechtrans” boshqaruvi, unga bo‘ysunadigan qirg‘oqlar va foydalanish joylari bo‘yicha buyruqlar; ishlab chiqarish yig‘ilishlari protokollari, transport-moliyaviy rejalar va flotni qurish, sotib olish, ta’mirlash va texnik holati to‘g‘risidagi hisobotlar, yangi suv yo‘llarini qayta ta’mirlash va o‘zlashtirish; O‘zbekiston kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi, Ministrlar Soveti, Davlat Reja Qo‘mitasi (Gosplan) va  O‘zbekiston SSR  Moliya ministrligi bilan yozishmalar; daryolar va kanallardagi transport harakatlarini nazorat qilish, yuklarni tashish, flot va barjalarda yuk tashishni tashkil etish, suv toshqinlarini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mutaxassislarni hisobga olish va ularni ishga joylashtirish, moddiy fondlar olish to‘g‘risidagi hujjatlar.