O‘zbekiston SSR XKSning 1925 yil 6 oktyabrdagi qarori bilan O‘zbekiston davlat qurilish tresti tashkil etilgan; SSSR XKSning 1926 yil 9 fevraldagi qurilish tashkilotlari to‘g‘risidagi qarori bilan O‘zbekiston Davlat aksiyadorlik qurilish kompaniyasiga aylantirilib, 1930 yilda tugatilgan.
SSSR XKS, Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi, Ishchi va dehqonlar inspeksiyasi Xalq komissarligi, Davlat reja qo‘mitasi, Moliya Xalq komissarligi va O‘zbekiston SSR mehnat Xalq Komissarligining qurilish masalalari bo‘yicha qarorlari, buyruqlari va maxsus xatlari; O‘zbekiston Davlat qurilish tresti va O‘zbekiston aksiyadorlik qurilish kompaniyasining ustavlari; “Uzgosstroy” ishchilar Kongressining stenografik hisoboti (1930).
O‘zbekiston SSR Xalq Xo‘jaligi Oliy Kengashi va XKSning qurilish komissiyasining yig‘ilishlari bayonnomasi, O‘zbekiston davlat aksiyadorlik qurilish kompaniyasi texnik kengashi va taftish komissiyasi; O‘zbekiston davlat aksiyadorlik qurilish kompaniyasining besh yillik rejasi (1928 – 1932 yillar), qurilish ishlarining yig‘ma rejalari va bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar (1926–1930 yillar); qurilish loyihalari va ularga tushuntirish xatlari; qurilish ishlari dalolatnomalari (1930).
O‘zbekiston SSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi, texnik Kengashi va O‘zbekiston davlat aksiyadorlik qurilish kompaniyasi reviziya komissiyasi Kengashlarining yig‘ilish bayonnomalari; O‘zbekiston davlat aksiyadorlik qurilish kompaniyasining besh yillik rejasi (1928 – 1932), qurilish ishlari bo‘yicha rejalar va bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar (1926 – 1930); qurilish loyihalari va ularga tushuntirish xatlari; qurilish tadqiqotlari dalolatnomalari (1930).