Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘ZBЕKISTON SSR DAVLAT QURILISH VA QURILISH MATЕRIALLARI SANOATI UYUSHMASI

Fond raqami:
R-170
Saqlov birligi:
424
Davriy chegarasi:
1929 - 1931

Tashkilot tarixi

1930 yil oxirida tashkil etilgan.  O‘zbekiston SSR XKSning 1931 yil 30 oktyabr va O‘zbekiston SSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashining 1931 yil 12 noyabrdagi qarorlari bilan tugatilgan.


Fond sharhi

O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi, Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi,  O‘zbekiston SSR  va O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi, Ishchi va dehqonlar inspeksiyasi xalq komissarligining qurilish masalalari bo‘yicha qarorlari, buyruqlari va maxsus xatlari; qurilish uyushmasining Nizomlari; Uyushmaning qurilish okruglari va uchastkalariga hamda qurilish materiallari sanoati obyektlari korxonalariga buyruqlari;  O‘zbekiston SSR quruvchilar kasaba uyushmasi Markaziy Qo‘mitasi yig‘ilishlari bayonnomasi, O‘zbekiston SSR  Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi ilmiy-texnik Kengashi yig‘ilishlari, ishlab chiqarishni joriy etish byurosi, qurilish birlashmasi boshqaruv va tugatish komissiyasi yig‘ilishlari.

Statistik materiallar va qurilish rejalari (1930 – 1931 yillar); qurilish okruglari, uchastkalari va  qurilish materiallari sanoati obyektlari va korxonalari faoliyati to‘g‘risida hisobot ma’ruzalari, jadvallar va ma’lumotlar (1930 – 1931 yillar); ilmiy tadqiqot safarlari to‘g‘risidagi hisobotlar (1931); qurilish maydonchalarini o‘rganish dalolatnomalari.

Izoh: Uyushma 1929 – 1930 yillarda o‘z faoliyatini O‘zbekiston SSR davlat qurilish trestida boshlangan.