Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘ZBЕK SANOAT VA FUQAROLIK QURILISHI DAVLAT TRЕSTI

Fond raqami:
R-610
Saqlov birligi:
747
Davriy chegarasi:
1931 - 1935

Tashkilot tarixi

O‘zbekiston SSR  XKSning 1931 yil 30 oktyabr va  1931 yil 12 noyabrdagi qarorlari asosida tashkil etilgan.  O‘zbekiston SSR  XKSning 1934 yil 3 dekabrdagi qarori bilan tugatilgan.


Fond sharhi

SSSR XKS va Xalq xo‘jaligi oliy Kengashi, mehnat va Mudofaaa Kengashi, Davlat Rejasi komissiyasi va SSSR Sanoat xalq komissarligining sanoat va fuqarolik qurilishi bo‘yicha qarorlari va ko‘rsatmalari; trest Nizomi; trest buyruqlari; O‘zbekiston SSR XKS, kengash, texnik kengash, tuman qurilish idoralari, ustalar va trestni tugatish komissiyasining qurilish komissiyasi yig‘ilishlari bayonnomasi; trest va uning filiali qurilish ishlari rejalari (1932 – 1934 yillar); trest faoliyati bo‘yicha sharhlar (1932 – 1934 yillar); trest va filiallar (1932 – 1934 yillar), qurilish loyihalarining texnik loyihalari bo‘yicha ishlarni bajarish bo‘yicha xulosa hisobotlari.