Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

BOSH PAXTA QO‘MITASI HUZURIDAGI O‘RTA OSIYO QISHLOQ XO‘JALIGI PAXTA SANOATI QURILISH TRЕSTI

Fond raqami:
R-114
Saqlov birligi:
2032
Davriy chegarasi:
1926 - 1932

Tashkilot tarixi

Paxta sexlarini qurish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida SSSR Xalq xo‘jaligi Kengashining  1926 yil 15 fevraldagi buyrug‘i bilan Paxtachilik Bosh qo‘mitasining O‘rta Osiyo qurilish idorasi tashkil etilgan.


O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi prezidiumining 1931 yil 30 apreldagi qarori bilan Paxtachilik bosh qo‘mitasi huzuridagi O‘rta Osiyo paxta qishloq xo‘jaligida paxta sanoati qurilish trestiga aylantirilgan.


 O‘rta Osiyo paxta assotsiatsiyasi (SAXO)ning 1931 yil 13 noyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.


Fond sharhi

SSSR XKS va Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashining, O‘rta Osiyodagi Ishchi va dehqonlar inspeksiyasi boshqarmasi, Bosh paxtachilik qo‘mitasi, O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi, O‘rta Osiyo Davlat reja komissiyasi, Yer ishlari xalq komissarligi va O‘rta Osiyoda paxta tozalash va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi fabrikalarini qurish bo‘yicha Mehnat xalq komissarligi qarorlari va maxsus xatlari.

Paxta-qurilish, qurilish bo‘limlari, viloyat va tuman qurilish idoralari va qurilish maydonlari to‘g‘risidagi buyruqlar; Birinchi (1930) va Ikkinchi (1928) O‘rta Osiyo ilg‘or-quruvchilar qurultoylari, Uchinchi (1929) va To‘rtinchi (1931) qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha O‘rta Osiyo qurilish qurultoylarining stenografik hisobotlari va qarorlari.

Paxtachilik bosh qo‘mitasining va O‘rta Osiyo Paxtachilik Birlashmasi boshqaruv kengashi va texnik kengashi, Paxtachilik sanoati Qurilish va O‘rta Osiyo Paxta Qishloq xo‘jaligida paxta sanoati Qurilishi Kengashi, viloyat va tuman qurilish idoralari kengashlari, ishlab chiqarish va texnik yig‘ilishlar, qurilish bo‘limlari, O‘rta Osiyo tugatish komissiyalarining yig‘ilish bayonnomalari.

O‘rta Osiyoda paxta tozalash zavodi qurilishining besh yillik rejasi (1928 – 1932 yillar), qurilish rejalari va rejalarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlar (1927 – 1931 yillar); Paxta sanoati sohasidagi qurilish (1928 – 1931 yillar) faoliyatining kon’yunktur sharhlari, qurilish obe’ktlarini tekshirish dalolatnomalari; qurilish ishlariga oid ilmiy ishlar ro‘yxatlari.