Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

O‘ZBЕKISTON SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI MAORIF XALQ KOMISSARLIGI

Fond raqami:
R-94
Saqlov birligi:
982
Davriy chegarasi:
1925 - 1929

Tashkilot tarixi

O‘zbekiston SSR  Inqilobiy qo‘mitasining 1924 yil 25 noyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan.


Fond sharhi

Loyiha tadqiqot ishlarining topshirilishi, nazorat dalolatnomalari va ekspertiza xulosalari. 1 va 2 O‘rta Osiyo Agroo‘rmonmeliortiv ekspeditsiyasi ishlari natijalarining tahliliy hujjatlari. O‘zbekiston SSR MIQ va XKS yig‘ilish bayonnomalari;  O‘zbekiston SSR  XKS Maorif xalq komissarligi Davlat Ilmiy Kengashi Prezidiumi, stipendiya komissiyasining buyruqlari va yig‘ilishlari bayonnomalari; O‘zbekistonda xalq ta’limi (1926 – 1927 yillar) holatiga qisqacha tavsif.

 O‘zbekiston SSR Maorif komissarligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, respublika madaniy-ma’rifiy muassasalari va savodxonlikni oshirish maktablari faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalar, hisobotlar, statistik ma’lumotlar va yozishmalar; bolalar hayotini yaxshilash bo‘yicha viloyat komissiyalarining hisobotlari; asosiy bo‘limlarning ishlab chiqarish rejalari va hisobotlari: siyosiy-ma’rifiy, ijtimoiy ta’lim, kasbiy ta’lim va O‘zbekiston Davlat nashriyoti.

Maktab muassasalari tarmog‘i, vaqf mulkining holati, darsliklar masalasiga oid statistik ma’lumotlar; O‘zbekiston SSR XKS va viloyat ijroiya qo‘mitalari bilan 1-O‘zbek o‘qituvchilar qurultoyini chaqirish to‘g‘risidagi yozishmalar (1926).