Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

V.I. LЕNIN NOMIDAGI O‘RTA OSIYO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI (SAGU)

Fond raqami:
R-368
Saqlov birligi:
1558
Davriy chegarasi:
1918 - 1934

Tashkilot tarixi

1918 йил 21 апрель куни Туркистон ўлкаси ХКС буйруғи асосида Тошкентда Туркистон Халқ университети очилиб, 1920 йил 7 сентябрда ХКС қарори билан Туркистон давлат университети этиб ташкил этилган. 1924 йил 16 февралда Маориф халқ комиссарлиги қарори билан Ўрта Осиё Давлат университети деб ўзгартирилган (САГУ).


Fond sharhi

SSSR XKSning V.I. Lenin tomonidan oliy texnik o‘quv yurtlari to‘g‘risida imzolangan qarori, Turkiston Xalq universiteti to‘g‘risidagi dekreti va Nizomi (1918), Toshkent shahrida universitetni ochish bo‘yicha komissiya yig‘ilishlari bayonnomasi, tashkiliy qo‘mita, tashkiliy komissiya va Turkiston Xalq universiteti Kengashi yig‘ilishlari (xususan, Xalq universitetining Samarqand va Andijonda bo‘limlarini tashkil etish to‘g‘risida).

Turkiston ASSR XKSning Toshkentda Turkiston Davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori va uning Nizomi nusxasi (1920), alohida fakultetlar, ilmiy-tadqiqot byurolari, ilmiy-tadqiqot institutlari to‘g‘risidagi Nizom, ularning faoliyati to‘g‘risida ma’ruzalar va hisobotlar; Turkiston kasb-hunar ta’limi komissiyasining Turkistonda Oliy ta’limni isloh qilish to‘g‘risidagi hisobotlari.

RSFSR Maorif Xalq Komissarligining Turkiston Davlat Universitetini O‘rta Osiyo Davlat universitetiga qayta nomlash to‘g‘risidagi qarori nusxasi (1924 yil 16 fevral); Universitet ichki va umumiy Nizomi (1925 yil sentyabr).

Turkiston Milliy (1918 – 1920 yillar), Davlat (1920¬¬¬¬¬ – ¬¬1924 yillar) va O‘rta Osiyo Davlat universiteti (1924 – 1934 yillar) fakultetlari rektorati va dekanlarining buyruqlari.

Turkiston xalq universiteti (1918 – 1920 yillar), Turkiston Davlat universiteti (1920 – 1924 yillar) va O‘rta Osiyo Davlat universitetining (1924 – 1934 yillar) Rektor, Ilmiy Kengash, fakultet Kengashi, Institut direktorlari va fakultetlari majlislari va talabalarining umumiy yig‘ilishlari bayonnomalari.

Universitet fakultetlarining o‘quv rejalari, dasturlari, ularning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot va ma’ruzalari (1918 – 1934 yillar).