Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘RTA OSIYO QISHLOQ XO‘JALIK INSTITUTI (SASXI)

Fond raqami:
R-375
Saqlov birligi:
807
Davriy chegarasi:
1930 - 1931

Tashkilot tarixi

Institut 1930 yil 6 iyunda O‘rta Osiyo Davlat universitetining Qishloq xo‘jaligi fakulteti negizida tashkil etilib, SSSR Yer ishlari xalq komissarligi tasarrufida bo‘lgan. 1931 yilda uning faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

Qishloq xo‘jaligi fakultetini qayta tashkil etish haqidagi qarorlari va yozishmalar (1930); O‘rta Osiyo qishloq xo‘jalik instituti direksiyasi buyruqlari, davlat toifalash komissiyasi majlislari bayonnomalari, fanlar bo‘yicha komissiyalari, zootexnik va fitotexnik sikllarni o‘tkazish komissiyasi va SASXI fakulteti majlislari.

Fakultetlarning o‘quv rejalari (1924 – 1931 yillar), institut alohida kafedralarining ish rejalari (1930 – 1931); institut o‘qituvchilarining ilmiy ishlari.