1930 yil 31 avgustda SSSR Og‘ir sanoat xalq komissarligi ta’lim muassasalari Bosh boshqarmasining buyrug‘i asosida tashkil etilgan. SSSR Og‘ir sanoat xalq komissarligining ta’lim muassasalari Bosh boshqarmasining 1933 yil 28 iyundagi buyrug‘iga ko‘ra, O‘rta Osiyodagi yagona sanoat ishchilar fakulteti tarkibiga kiritilgan.
Bosh Geologiya qidiruv boshqarmasining buyruqlari va sirkulyarlari, fakultet bo‘yicha buyruqlar, pedagogik Kengash yig‘ilishlari bayonnomalari, uslubiy va rejali komissiyalar, ishlab chiqarish yig‘ilishlari; o‘quv dasturlari (1930 – 1932 yillar).