Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHINING TOSHKЕNT MAKTABI

Fond raqami:
R-2082
Saqlov birligi:
1615
Davriy chegarasi:
1947 - 1956

Tashkilot tarixi

1947 yil 1 yanvarda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1946 yil 28 noyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan. Maktabda o‘qish davri ikki yil bo‘lib, uning vazifalariga quyidagilar kirgan: respublika, viloyat kasaba uyushma qo‘mitalari boshliqlari va yirik korxonalar tarkibidagi fabrika zavodlarning mahalliy qo‘mitalariga raislarini tayyorlash. Kasaba Uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi kotibiyatining 1956 yil 9 fevraldagi qarori asosida tugatildi.


Fond sharhi

Butunittifoq Kasaba Uyushmalari Markaziy Kengashi kotibiyatining qarorlari va SSSR Oliy ta’lim ministrligining buyruqlari; Maktab Nizomi, Butunittifoq Kasaba Uyushmalari Markaziy Kengashi; Oliy maktablariga qabul qilish qoidalari; maktab buyruqlari va ular uchun asoslar; maktab kengashi, Davlat imtihon komissiyasi, qabul komissiyasi, bitiruvchilarni taqsimlash komissiyasi va maktab bo‘limlari yig‘ilishlari bayonnomasi; maktab kengashi va bo‘limlarining o‘quv va ishlab chiqarish rejalari, dasturlari va ish rejalari; Oliy maktab va uning kafedralari faoliyati, o‘quv dasturlarining bajarilishi, Oliy maktabga talabalarni qabul qilish va bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha ma’ruzalar, ma’lumotnomalar va hisobotlar; maktabda kasaba uyushma xodimlarining kurslarini tashkil etish va faoliyati to‘g‘risida yozishmalar; o‘qituvchilarning ma’ruzalari va ularning stenogrammalari, nazariy konferensiyalar bayonnomalari; o‘quv qo‘llanmalar, loyihalar va taqrizlar; o‘qituvchilarning dissertatsiyalari va avtoreferatlari.