O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining 1930 yil 26 iyuldagi qarori bilan O‘rta Osiyo Mehnat muhofazasi instituti tashkil etilgan; 1930 yil 4 dekabrda O‘rta Osiyo gigiyena, patologiya va mehnat xavfsizligi instituti deb o‘zgartirilgan. 1932 yilda SSSR Mehnat xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasi qoshida mehnatni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha O‘rta Osiyo Davlat tashkilotlar va mehnatni muxofaza qilish instituti deb o‘zgartirilgan; 1933 yilda Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi huzuridagi tashkilotlar va mehnatni muhofaza qilish O‘rta Osiyo Davlat ilmiy-tadqiqot instituti deb o‘zgartirilgan. 1936 yil iyulda institut tugatilgan.
SSSR Mehnat xalq komissarligi va mehnatni muhofaza qilish Markaziy qo‘mitasining qarorlari va tezkor xatlari; institut buyruq va farmoyishlari.
SSSR Mehnat xalq komissarligi O‘rta Osiyo vakolatxonasi yig‘ilishlari bayonnomasi, O‘zbekiston SSR Mehnat xalq komissarligi Kengashining umumiy va kasbiy kasalliklarni o‘rganish bo‘yicha yig‘ilishlar, ilmiy konferensiyalar, institut ilmiy kengashi yig‘ilishlari, O‘zbekiston SSR texnik va sanoat yig‘ilishlari, institutning barcha bo‘limlari bayonnomalari.
Institutning barcha bo‘lim va guruhlarining nashr va ish rejalari (1930 – 1936), institutning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hisobotlari (1930 – 1936), O‘rta Osiyodagi korxonalarda mehnat muhofazasi va xavfsizligi, temir yo‘l transporti, ko‘mir, neft, yog‘ va paxta sanoatidagi mehnat va xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotlar; institut xodimlarining ilmiy ishlari ro‘yxatlari.