Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘RTA OSIYO ILMIY MUHANDISLIK-TЕXNIKA JAMIYATLARI KЕNGASHI

Fond raqami:
R-740
Saqlov birligi:
22
Davriy chegarasi:
1932 - 1934

Tashkilot tarixi

Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1931 yil 19 noyabrdagi qarori va Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining qarori bilan O‘rta Osiyoda ilmiy muhandislik-texnika jamiyatlarining bir nechta tarmoqlari tashkil etildi; 

1) O‘rta Osiyo ilmiy muhandislik jamiyatlari Kengashi;

2) ilmiy muhandislik jamiyatlari Kengashining Respublika tashkiliy byurolari; 

3) ilmiy muhandislik jamiyatlarining O‘rta Osiyo byurolari (temiryo‘lchilar, irrigatorlar, neftchilar, ko‘mirchilar, paxtachilar, energetika, suv ta’minoti va sanitariya texnikasi, kimyogarlar;

4) quruvchilar, mashinasozlar, avtotransport, mahalliy transport, sement va keramika sanoati ilmiy muhandislik jamiyatlarining respublika tashkiliy byurolari.

O‘rta Osiyo Kengashi va ilmiy muhandislik-texnika jamiyatlarining sohaviy byurolari 1934 yilda tugatilgan.


Fond sharhi

Butunittifoq va O‘rta Osiyo Kengashlari ilmiy-texnika jamiyati qarorlari; paxtachilar, irrigatorlar, yo‘l-transport va yo‘l qurilishi, quruvchilar ilmiy-texnika jamiyati yig‘ilishlari bayonnomalari; O‘rta Osiyo ilmiy muhandislik texnika jamiyati Kengashi (1933), yo‘l transport ilmiy muhandislik texnika jamiyati (1936), quruvchilar ilmiy muhandislik texnika jamiyati (1933) ish rejalari; irrigatorlar ilmiy-texnika jamiyatining birinchi O‘rta Osiyo Kongressi bayonnomasi (1933); O‘rta Osiyo irrigatorlar ilmiy-texnika jamiyati Nizomi; O‘rta Osiyo energetika kolleksiyasi, yo‘l qurilishi bo‘yicha to‘plam, irrigatsiya, qurilish va arxitektura sohalariga oid ilmiy maqolalar.