Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘ZBЕKISTON ILMIY MUHANDISLIK-TЕXNIKA JAMIYATLARI KЕNGASHI (UZNITO)

Fond raqami:
R-743
Saqlov birligi:
174
Davriy chegarasi:
1941 - 1953

Tashkilot tarixi

1941 yil 29 noyabrda O‘zbekiston ilmiy muhandislik-texnika jamiyati vakillarining konferensiyasida O‘zbekiston ilmiy muhandislik-texnika jamiyati Kengashi tuzilib, uning Nizomi  O‘zbekiston SSR  XKSning 1941 yil 2 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston ilmiy-muhandislik jamiyati Kengashining vazifalariga quyidagilar kirgan:

a)  O‘zbekiston SSR  sohaviy ilmiy-texnika jamiyatiga ularning ish rejalaridan kelib chiqib, eng muhim sanoat-texnik vazifalarni bajarishda ko‘maklashish, shuningdek, korxonalarga texnologiyalarni joriy etish va mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish; 

b) sohaviy ilmiy-muhandislik jamiyati o‘rtasida ilmiy-ishlab chiqarish va texnik tajribani tashkil etish va tajriba almashish; 

v)  O‘zbekiston SSR  ilmiy-muhandislik jamiyati ishini sohalariga ko‘ra muvofiqlashtirish va yo‘naltirish; 

d) kadrlar tayyorlash va ilmiy-texnik bilimlar darajasini oshirishga ko‘maklashish; 

ye) Xalq xo‘jaligi tomonidan ilgari surilgan ilmiy, texnikaviy, iqtisodiy va ishlab chiqarish masalalarini hal etish. 

Jamiyat faoliyati Butunittifoq ilmiy muhandislik-texnik jamiyatlari Kengashining 1953 yil 8 apreldagi qarori bilan tugatilgan.


Fond sharhi

Angren vohasini rivojlantirish bo‘yicha texnik konferensiya o‘tkazish to‘g‘risida Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi va  O‘zbekiston SSR  XKS qarorlari, konferensiya bo‘yicha tezislar va ma’ruzalar; ilmiy muhandislik texnika jamiyati Butunittifoq Kengashining qarorlari, sirkulyarlari va ko‘rsatmalari, O‘zbek ilmiy muhandislik texnika jamiyati Kengashining Nizomlari (1941, 1948, 1950), O‘zbek ilmiy muhandislik texnika jamiyati Kengashi huzuridagi Muhandislik instituti to‘g‘risidagi Nizom va uning faoliyati to‘g‘risida hisobotlar.

O‘zbek ilmiy muhandislik texnika jamiyati Rayosati va Kengash ishchi qismi majlislarining buyruqlari va bayonnomalari, ish rejalari, O‘zbek ilmiy muhandislik texnika jamiyati va sohaviy ilmiy muhandislik texnika jamiyati Kengashi faoliyati to‘g‘risida ma’ruza va hisobotlar. Soha ilmiy-texnik jamiyatining sohalar bo‘yicha ixtirolar va amalag oshirilgan ishlar, texnik targ‘ibot va tajriba almashish, ilmiy ishlab chiqarish korxonalari bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha hisobotlar va ma’lumotlar.

O‘zbekiston ilmiy muhandislik-texnika jamiyatlari konferensiyalarining stenografik hisobotlari, O‘zbekiston ilmiy muhandislik-texnika jamiyati va sohaviy ilmiy muhandislik-texnika jamiyati Kengashining hisobotlari va fakultativ konferensiyalari yig‘ilishlari bayonnomalari. 

Angren ko‘mir koni bo‘yicha yig‘ilishlar, tezislar va hisobotlarning stenografik hisobotlari. O‘zbekiston ilmiy-muhandislik jamiyati Kengashida o‘quv-texnik reja va kurs tadbirlari dasturlari; O‘zbekiston ilmiy-muhandislik jamiyati a’zolarining ilmiy maqola va ma’ruzalari; “Qizil dvigatel” zavodi (Samarqand) bosh konstruktorining "mexanik ishlov berish liniyalarida pnevmatikadan foydalanish" mavzusidagi maqolasi; turli sohalarga oid risolalarning qo‘lyozmalari (to‘qimachilik, kiyim-kechak, oziq-ovqat, pivo, vino, aroq va boshqalarni tayyorlash).

O‘zbekistonning 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston ilmiy-muhandislik jamiyatining faol xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida materiallar; sotsialistik majburiyatlar, sotsialistik raqobatning borishi va O‘zbekiston Kengashi va sohaviy ilmiy-texnik jamiyatining sotsialistik majburiyatlarini bajarish natijalari to‘g‘risida ma’ruza va hisobotlar.