Turkiston ASSR MIQning 1920 yil 30 yanvardagi qarori bilan fan va san’atning barcha tarixiy yodgorliklarini muhofaza qilish vazifasi Turkiston arxivlari Markaziy boshqarmasi komissiyasiga topshirilgan. 1921 yil 21 mayda Turkiston ASSR XKSning qarori bilan Turkiston ASSRning tarixiy, san’at va tabiat yodgorliklar muzeylari va ularni himoya qilish qo‘mitasi (Turkomstaris) tashkil etildi. 1924 yil 26 dekabrda Turkomstaris O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashiga bo‘ysungan holda Turkiston ASSRning tarixiy, san’at va tabiat yodgorliklar muzeylari va ularni himoya qilish qo‘mitasiga aylantirildi.
1928 yil 7 aprel O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi qarori bilan tugatilgan.
Turkiston ASSR va O‘zbekiston SSR MIQ, XKS va Maorif xalq komissarliklarining tarixiy va san’at yodgorliklarini muhofaza qilish qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari va sirkulyarlari.
O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi Prezidiumining majlis bayonnomalari, Turkiston tarixiy, san’at va O‘rta Osiyo tarixiy, san’at va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi kengashi majlislari, ekspert komissiyasi, tahririyat hay’ati, muzey bo‘limi, tabiatni muhofaza qilish bo‘limi, arxeologiya qo‘mitasi majlislari restavratsiya komissiyasi, O‘rta Osiyo Bosh muzeyi kengashi hujjatlari.
Turkiston tarixiy davr, san’at va tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish qo‘mitasi Besh yillik reja (1920 – 1925) lari; muzey bo‘limi (1926 – 1927), tabiatni muhofaza qilish bo‘limi, badiiy muzey va Zoologiya bog‘i (1927 – 1928) ish rejalari.
Turkiston tarixiy, san’at va tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish qo‘mitasi (1920 – 1925), viloyat va tuman muzeylari, O‘rta Osiyo bosh muzeyi (1923) faoliyatiga sharhlar.
Politexnika va ilmiy-tarixiy muzeylar, inqilob muzeyi, rus san’ati muzeyi, O‘rta Osiyo bosh muzeyi va Zoologiya bog‘i to‘g‘risida Nizom; ekspeditsiyalar va ekskursiyalar bo‘yicha hisobotlar, negativ plyonka fondlarining ro‘yxatlari va tarixiy, san’at va tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish O‘rta Osiyo qo‘mitasining albomlari.