Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘RTA OSIYO BOSH MUZЕYI

Fond raqami:
R-396
Saqlov birligi:
62
Davriy chegarasi:
1920 - 1928

Tashkilot tarixi

1918 yil 22 mayda Turkiston Xalq universiteti kengashining qarori bilan muzey tashkil etilib, unga Turkiston Xalq muzeyi nomi berildi. Turkiston ASSR XKSning 1918 yil 31 maydagi buyrug‘i bilan muzey Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligiga topshirilib, 1922 yilda muzey Turkiston Bosh muzeyiga aylantirilgan. Turkiston tarixiy, san’at va tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish qo‘mitasiga, 1925 yildan esa O‘rta Osiyo tarixiy, san’at va tabiat yodgoriklarini muhofaza qilish qo‘mitasiga bo‘ysungan. 1928 yilda O‘rta Osiyo Bosh muzeyi O‘rta Osiyoning tarixiy va davriy tabiati va madaniyati o‘lkashunoslik muzeyi sifatida faoliyat olib borgan. O‘rta Osiyo tarixiy, san’at va tabiat yodgorliklarni muhofaza qilish qo‘mitasining tugatilishi munosabati bilan  O‘zbekiston SSR  Maorif xalq komissarligi tasarrufiga topshirilgan.


Fond sharhi

Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligining buyruqlari va farmoyishlari, Turkiston tarixiy buyumlar, san’at va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘rta Osiyo qadimiy buyumlar, san’at va Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘rta Osiyoning asosiy muzeyi to‘g‘risidagi Nizom.

Turkiston o‘lkashunoslik muzeyi hay’ati, O‘rta Osiyo bosh muzeyi Kengashi, hay’ati va bo‘limlari majlislari bayonnomasi; muzey faoliyati (1920 – 1928) va M. E. Massonning Turkiston va To‘ytepa qishlog‘idagi arxeologik ekspeditsiyalari haqida hisobotlar.

Muzey qo‘lyozmalari va  kolleksiyalari va eksponatlari ro‘yxati; muzey haqida tarixiy lavha (1921).