Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘RTA OSIYO KO‘RGAZMA QO‘MITASI

Fond raqami:
R-398
Saqlov birligi:
87
Davriy chegarasi:
1918 - 1923

Tashkilot tarixi

1918 yil 19 iyulda Turkiston hunarmandchilik qo‘mitasining milliylashtirilgan jamg‘armasi asosida Turkiston Respublikasi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashining sanoat va savdo bo‘limi huzurida viloyat hunarmandchilik muzeyi tashkil etildi; 1922 yil noyabrda Turkiston qo‘lyozmalarining doimiy ko‘rgazmasi deb nomlangan. 1922 yil 11 dekabrda Turkiston ASSR XKS qarori bilan Turkiston ASSR Davlat rejalashtirish qo‘mitasi huzurida Turkiston ko‘rgazma qo‘mitasi tashkil etildi; 1923 yil aprelidan boshlab O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tasarrufiga o‘tkazilib, O‘rta Osiyo ko‘rgazmalar qo‘mitasiga aylantirilgan.

1923 yil 5 dekabrdagi Turkiston ASSR MIQ va XKS qarori bilan tugatilgan.


Fond sharhi

Markaziy Ijroiya qo‘mitasi, XKS, Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi, davlat rejalashtirish qo‘mitasi va TurkASSR Iqtisodiy Kengashining qarorlari va maxsus xatlari, Turkiston ko‘rgazma qo‘mitasi va O‘rta Osiyo ko‘rgazma qo‘mitasining buyruqlari. 

Turkiston ko‘rgazma tashkilotlarining majlisi bayonnomalari (1923), Turkiston ko‘rgazma qo‘mitasi va O‘rta Osiyo ko‘rgazmalar qo‘mitasi Prezidiumi, O‘rta Osiyo ko‘rgazmalar qo‘mitasini tugatish komissiyasi majlis qarorlari.

Turkiston hunarmandchilik sanoati haqida ma’lumot (1918 – 1921); viloyat muzeyi eksponatlari ro‘yxati va doimiy hunarmandchilik ko‘rgazmasi; 

Nijniy Novgoroddagi sanoat va iqtisodiy ko‘rgazmaga yuborilgan eksponatlar ro‘yxati va asosiy Butunrossiya ko‘rgazmasi (1922 – 1923).

Izoh: fondda Turkiston hunarmandchilik qo‘mitasining 1915 – 1917 yillariga oid hujjatlar ham saqlangan.