Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘ZBЕKISTON SSR DAVLAT JAMOAT KUTUBXONASI

Fond raqami:
R-412
Saqlov birligi:
32
Davriy chegarasi:
1918 - 1929

Tashkilot tarixi

1870 yilda Toshkent kutubxonasi tashkil etilgan. 1919 yil fevralda Toshkent Xalq Kutubxonasi, 1920 yil may oyida Turkiston Davlat kutubxonasi deb o‘zgartirilgan. O‘rta Osiyo tugatish komissiyasining 1925 yil 4 apreldagi qarori bilan  O‘zbekiston SSR  Xalq komissarligi qoshidagi  O‘rta Osiyo Davlat kutubxonasiga aylantirilgan. 

1934 yilda O‘rta Osiyo respublikalari muassasalarni faoliyatini tugatilishi munosabati bilan kutubxona nomi  O‘zbekiston SSR  Davlat jamoat kutubxonasi deb o‘zgartirilgan.


Fond sharhi

Kutubxona Nizomi; kutubxona to‘g‘risidagi buyruq va ko‘rsatmalar, ekspert-malaka komissiyasi majlislari bayonnomalari; Turkistondagi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar va qo‘lyozmalar haqida ma’lumotlar; Rossiya kitob palatasi bilan yozishmalar, kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar va qo‘lyozmalar haqida ma’lumotlar.