1925 yil 15 iyulda tashkil etilgan SSSR XKS va Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining 1934 yil 3 oktyabrdagi qaroriga asosan boshqarma tugatilgan.
SSSR va O‘zbekiston SSR MIQ va XKSning mehnat shart-sharoitlari masalalari bo‘yicha qarorlari; SSSR va O‘zbekiston SSR Mehnat xalq komissarligining buyruqlari va sirkulyarlari; Boshqarmaning buyruqlari va ko‘rsatmalari;
Mehnat xalq komissarligi va bo‘limlarining ma’ruza va hisobotlari; O‘rta Osiyo respublikalarining mehnatni tashkil etish bo‘yicha besh yillik rejasi (1928 – 1932); Turkmaniston SSR sanoatiga oid kon’yunktura sharhlar (1929 – 1930), O‘rta Osiyoda mehnat bozori va mehnatni muhofaza qilish holati; O‘rta Osiyo sanoati uchun statistik ko‘rsatkichlari (1929 – 1930).