1922 yil 8 aprel kuni, Turkiston ASSR uchun vakolatli Rossiya Qizil xoch jamiyati vakolatxonasi tashkil etilgan. 1924 yil 21 yanvar buyrug‘i bilan O‘rta Osiyoda vakolatli Rossiya qizil xoch jamiyati vakolatxonasi deb o‘zgartirildi. 1925 yil 1 dekabrda tugatilgan.
Vakolatli Rossiya qizil Xoch jamiyatining Turkiston Respublikasi idorasi, Turkiston MIQ bolalar hayotini yaxshilash bo‘yicha komissiyasi, Farg‘ona viloyatida ocharchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo yig‘ilish va Rossiya qizil Xoch jamiyatining ishtiroki to‘g‘risidagi buyruqlari, tezkor xatlari va yig‘ilishlari bayonnomalari; Rossiya Qizil xoch jamiyatining Farg‘ona viloyati va Rossiya qizil Xoch jamiyatining tibbiyot muassasalari bo‘yicha vakolatli vakili boshqarmasining Farg‘ona viloyatidagi tibbiy va oziq-ovqat otryadlari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari, ma’ruzalar va ma’lumotlari (1924), o‘latga qarshi kurash bo‘yicha Markaziy Kengash yig‘ilishlari bayonnomalari.