1925 yil 16-20 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan kasaba uyushmalarining 1-O‘rta Osiyo konferensiyasida qabul qilingan O‘rta Osiyo kasaba uyushmalarining tuzilishiga ko‘ra, O‘rta Osiyo qo‘mitalari, byurolari yoki ayrim kasaba uyushmalarining vakolatli Markaziy qo‘mitalari butun O‘rta Osiyo respublikalararo boshqaruv organlari sifatida tashkil etilgan. Ushbu boshqaruv organlari aynan O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tasarrufidagi birlashma tashkilotlarda tashkil etilgan.
1934 yil oktyabrda butun O‘rta Osiyo tashkilotlari tugatilishi munosabati bilan byurolar faoliyati tugatilgan.
SSSR kasaba uyushmalarining O‘rta Osiyo qo‘mitalari va byurolarining qarorlari, ko‘rsatmalari, majlis bayonnomalari va boshqa hujjatlar.