Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

SSSR KONCHILAR KASABA UYUSHMASINING O‘RTA OSIYO QO‘MITASI

Fond raqami:
R-1750
Saqlov birligi:
314
Davriy chegarasi:
1927 - 1930

Tashkilot tarixi

.


Fond sharhi

O‘rta Osiyo byurosi, O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalari kengashi, konchilar ittifoqining Markaziy va O‘rta Osiyo qo‘mitalari yig‘ilishlari bayonnomalari, sanoat yig‘ilishlari, neft, oltingugurt, ozokerit, tuz, sulfat konlarida konchilarining konferensiyalari bayonnomalari, ruda va shaxta qo‘mitalarining ishlab chiqarish rejalari va amalga oshirish bo‘yicha dasturlari.

Davlat trestlari va tog‘-kon korxonalarining ishlab chiqarish rejalari, dasturlari va texnik hisobotlari; oltingugurt, tuz, neft, sulfat va ozokerit konlarining besh yillik rejalari (1928 – 1933). 

SSSR Mehnat xalq komissarligining O‘rta Osiyoda vakolatli vakilining tarif kelishuvlari, jamoa shartnomalari, tarif va iqtisodiy yig‘ilishlar bayonnomalari, baholash  komissiyalari va hakamlik sudlari, mehnatni muhofaza qilish, ish haqi, texnika xavfsizligi bo‘yicha idoralararo yig‘ilishlar bayonnomalari; tog‘-kon korxonalari va trestlarida Butunrossiya kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi va O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalari kengashining madaniy komissiyalarining madaniy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha (ta’lim dasturlari, madaniy to‘garaklar, madaniyat muassasalari qurilishi va ishi bo‘yicha) yig‘ilish bayonnomalari.