Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

BUTUNITTIFOQ TO‘QIMACHILAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASINING O‘RTA OSIYO BYUROSI

Fond raqami:
R-766
Saqlov birligi:
267
Davriy chegarasi:
1925 - 1931

Tashkilot tarixi

.


Fond sharhi

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi, To‘qimachilar uyushmasi Markaziy qo‘mitasining Markaziy Qo‘mitasi va O‘rta Osiyo byurosi prezidiumi,  O‘zbekiston SSR  to‘qimachilar uyushmasi markaziy kengashilarining majlis bayonnomalari, korxonalar, zavod komitetlari ishchilarining ishlab chiqarish dasturlari va rejasining bajarilishi, sotsialistik musobaqalar va zarbdor ish kunlarining tashkil etilishi va ijtimoiy-mmaishiy masalalar bo‘yicha ishchilarning ishlab chiqarish majlislari  bayonnomalari.  

SSSR Mehnat xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasi huzuridagi hakamlik sudlari,  ziddiyatli mojarolarni hal etish komissiyalar, iqtisodiy-tarif yig‘ilishlari, zavod va korxonalarda mehnat muhofazasi, ish haqqi ishchi-xizmatchilarning maishiy shart-sharoitlarini yaxshilash masalalari bo‘yicha majlis bayonnomalari; madaniy-ma’rifiy ishlar, madaniy-ma’rifiy muassasalar qurilishi bo‘yicha hisobotlar va yozishmalar; kasaba uyushma tashkilotlarining kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda zavod-fabrikalarda ustoz- shogirdlik maktablarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalari.