Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

QISHLOQ VA O‘RMON XO‘JALIGI XODIMLARI BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMASINING O‘RTA OSIYO BYUROSI

Fond raqami:
R-775
Saqlov birligi:
457
Davriy chegarasi:
1925 - 1931

Tashkilot tarixi

.4


Fond sharhi

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining Turkbyurosi va O‘rta Osiyo byurosi, Markaziy qo‘mita va O‘rta Osiyo byurosi, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi xodimlari kasaba uyushmasining viloyat va tuman qurultoylari majlislari bayonnomalari.

Qishloq xo‘jaligini qayta tiklash, sovet xo‘jaliklari (sovxoz), traktor stansiyalari, traktor kolonnalari, ekin ekish mavsumi, sovxozlarda hosilni tarqatish, ishlab chiqarish rejalari va dasturlarini bajarish, zarbdor ish kunlarini tashkil etish va sotsialistik musobaqalar bo‘yicha hisobotlar va ma’ruza hisobotlar; tarif shartnomalari, jamoa shartnomalar hamda iqtisodiy tarif bo‘yicha yig‘ilishlari, bahsli vaziyatlarni xal etish komissiyalarining  qarorlari va majlis bayonnomalari.

Savodxonlikni oshirish, mahalliy aholi vakillari uchun professional ta’lim va maktablarni tashkil etish  haqida;  klublar, qizil burchaklar, otaliqqqa olish ishlari, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha axborot va yozishmalar.