Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

SSSR SOVЕT PAXTACHILIK XO‘JALIKLARI VA MASHINA-TRAKTOR STANSIYALARI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI

Fond raqami:
R-1610
Saqlov birligi:
661
Davriy chegarasi:
1934 - 1947

Tashkilot tarixi

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining 6 yil 1934 oktyabrdagi IV Plenumi qarori asosida tashkil etilib, 1948 yil 16 noyabr kuni tugatilgan.


Fond sharhi

Prezidium

 (1934 – 1947)

Paxta davlat xo‘jaliklari va mashina-traktor stansiyalari kasaba uyushmasi Markaziy Qo‘mitasi prezidiumi majlislari bayonnomalari, Markaziy qo‘mita qurultoylari va plenumlarining stenografik hisobotlari, paxta davlat xo‘jaliklari va mashina-traktor stansiyalari ishchilari kasaba uyushmasi Markaziy Qo‘mitasining faoliyati bo‘yicha ma’ruza va hisobotlar.

 


Umumiy bo‘lim 

(1934 – 1947)

 O‘zbekiston SSR  Don va chorvachilik xo‘jaliklari xalq komissarligi yig‘ilishlari buyruqlari va bayonnomalari, paxta davlat xo‘jaliklari va mashina- traktor stansiyalari ishchilari kasaba uyushmasi Markaziy Qo‘mitasi apparatining ish rejalari va ko‘rsatmalari.


Tashkiliy va o‘quv bo‘limi

(1934 – 1947)

Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining kasaba uyushma organlariga saylov o‘tkazish va kasb-hunar guvohnoma biletlarin almashtirish to‘g‘risidagi qarorlari; kasaba uyushmalari tashkilotlari, ishchi qo‘mitalarining ish rejalari, umumiy yig‘ilishlar bayonnomalari va kasaba uyushmalarining quyi organlaridagi ish jarayonlari to‘g‘risida hisobotlar; Quyi kasaba uyushmalari tashkilotlarida saylov kompaniyalarini o‘tkazish bo‘yicha Markaziy qo‘mita instruktorlarning hisobotlari; sotsialistik musobaqalar va zarbdor ish kunlarini tashkil etish va mukofotlanganlarning ro‘yxatlari to‘g‘risida paxtachilik sovxozlari bilan yozishmalar va ma’lumotlar.


Madaniyat bo‘limi 

(1934 – 1947)

Paxtachilik sovxozlarida madaniy tadbirlar, sport ishlarini o‘tkazish, siyosiy ommaviy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining qarorlari, tezkor xatlari va ko‘rsatmalari. Jamoatchi-inspektorlar va kasaba uyushmalari klublari kurslari to‘g‘risidagi Nizom, madaniyat bo‘limi instruktorlarining quyi kasaba uyushmalari tashkilotlaridagi  madaniy ishlarni oilb borilishini o‘rganish, jismoniy tarbiya, turizm, alpinizm, ba’diy havaskorlar, klublar va kutubxonalarning ish faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.



Ish haqi va mehnat bo‘limi

 (1934 – 1947)

Sovxozlar va mashina-traktor stansiyalarida ish haqi me’yorlari bo‘yicha kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining qaror va ko‘rsatmalari; traktor brigadalari va traktorchi ayollarning sotsialistik musobaqasi, sovxozlarning Butunittifoq Sotsialistik musobaqasi bo‘yicha majburiyatlarining bajarilishi, ishlab chiqarish sohalarining xususiyatlari va zarbdor ish kunlarida ishlovchilar ro‘yxatlari, ilg‘or paxta yetishtiruvchilarining sotsialistik musobaqalar bo‘yicha xatlari.



Mehnat muhofazasi bo‘limi 

(1934 – 1947)

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi va paxta sovxozlari ishchilari kasaba uyushmasi Markaziy Qo‘mitasi va mashina-traktor stansiyasining mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha qarorlari, baxtsiz xodisalar bo‘yicha ma’lumotnoma hisobotlar, mehnat muhofazasi bo‘limining hisobotlari.


Ijtimoiy sug‘urta bo‘limi

 (1934 – 1947)

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining dam olish uylari va sanatoriyalar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha tezkor xatlari va ko‘rsatmalar; quyi kasaba uyushmalari tashkilotlarning ijtimoiy sug‘urta fondlaridan foydalanish bo‘yicha majlis bayonnomalari va hisobotlari.


Uy-joy va maishiy bo‘lim

 (1934 – 1947)

Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining qarorlari va uy-joy qurilishi bo‘yicha ish rejalari, sovxozlarlardagi bolalar bog‘chalari va uy-joy xizmati ishlarini o‘rganish dalolatnomalari, harbiylarning oilalarini o‘rganish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (1942).


Statistika boshqarmasi 

(1938 – 1947)

Rahbar xodimlar soni va tarkibi bo‘yicha statistik hisobotlar, ish unumdorligini oshirgan ishchilarning ro‘yxatlari, ixtirolar va ish jarayonini takomillashtirish takliflarini hisobga olish bo‘yicha hisobot kartochkalari.