Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

O‘RTA OSIYO TЕMIR YO‘LCHILAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI

Fond raqami:
R1604
Saqlov birligi:
879
Davriy chegarasi:
1934 - 1948

Tashkilot tarixi

1934 yil noyabr oyida Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining qarori bilan tashkil etilgan. Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining 1918 yil 13 oktyabrdagi qarori bilan tugatildi.


Fond sharhi

Aloqa yo‘llari xalq komissarligi va kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining buyruqlari. O‘rta Osiyo temir yo‘llari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasining kongresslari va plenumlari, O‘rta Osiyo temir yo‘llari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi va O‘rta Osiyo, Turkiston-Sibir, Orenburg va Samara-Zlatoust temir yo‘llari kasaba uyushma tashkilotlari prezidiumining yig‘ilishlari bayonnomalari. Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlariga yordam berish, kasaba uyushmasiga a’zolarni jalb qilish, kasaba uyushmalari kurslarini tashkil etish, sotsialistik musobaqa va mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha yozishmalari. Sotsialistik musobaqa natijalari bo‘yicha ma’ruza va hisobotlar.

Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining, ishchilar uchun ijtimoiy sug‘urta va maishiy xizmat ko‘rsatish, Ikkinchi jahon urushi va mehnat nogironlarini ishga joylashtirish, mahalliy va fabrika qo‘mitalarida ijtimoiy sug‘urta bo‘limlarining ish faoliyati va pioner lagerlarida tarbiya ishlari, sog‘lomlashtirish kompaniyalari, tibbiyot muassasalari, sanatoriyalar, dam olish uylari, bolalar bog‘chalari va yasli bog‘chalarining holati bo‘yicha qarorlari va tezkor xatlari.

Mehnat unumdorligini oshirish va zarbdor ish kunlarini tashkil etish va krivonosov harakatini (staxanov harakatining davomi) rivojlantirish, ishlab chiqarish me’yorlari, rag‘batlantiruvchi va yuqori oylik maoshlar to‘lash haqida, ish jarayonlarini takomillashtirish va ixtirolar to‘g‘risida Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining qarorlari.

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalari va ko‘rsatmalari, mehnatni muhofaza qilish inspektorlarining faoliyati to‘g‘risida ma’ruza va hisobotlar, mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘lar,  temir yo‘llardagi jarohat olish va baxtsiz hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.  

O‘rta Osiyo temir yo‘llari kasaba uyushmasi Markaziy Qo‘mitasi prezidiumining ishchilarga madaniy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha farmonlari, klublar, kutubxonalar, qizil burchaklar, madaniyat markazlari, radio markazlari, ko‘ngillilar jamiyatlari, kino uylari, savodxonlikni oshirish maktablarini tashkil etish ishlari bo‘yicha ish rejalar, ma’ruzalar, hisobotlar va yozishmalar. 

SSSR Oliy Kengashi va ishchi deputatlarining mahalliy Kengashlari saylovlarida kasaba uyushma tashkilotlarining ishtiroki to‘g‘risida ma’lumot va yozishmalar. O‘rta Osiyo temir yo‘llari tashkilotlarida ommaviy targ‘ibot ishlari va sport musobaqalari tashkil etish haqida ma’lumotlar va yozishmalar.

Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining uy-joy qurilishi to‘g‘risdaga qarorlari,  uy-joy qurilishi ish rejalari va maishiy obyektlarning ahvoli to‘g‘risidagi hisobotlari (1947 – 1948).