1934 yilda SSSR spirtli ichimliklar va vino sanoati xodimlari kasaba uyushmasining O‘zbekiston SSR bo‘yicha vakolatli Markaziy Qo‘mitasi tashkil etildi. 1937 yilda O‘zbekiston SSR spirtli ichimliklar va vino sanoati ishchilari Markaziy Kengashiga aylantirilib, keyinchalik O‘zbekiston SSR spirtli ichimliklar sanoati ishchilari uyushmasi Qo‘mitasi deb nomlangan. 1939 yil 15 oktyabrda SSSR spirtli ichimliklar va vino sanoati ishchilari kasaba uyushmasining O‘rta Osiyo qo‘mitasiga aylantirilgan. Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining 1941 yil 14 fevraldagi qarori bilan tugatilgan.
O‘zbekiston SSR XKS, O‘zbekiston SSR Mahalliy sanoat xalq komissarligi, Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi, SSSR spirtli ichimliklar va vino sanoati ishchilar kasaba uyushmasining Markaziy va O‘rta Osiyo qo‘mitalarining qarorlari, buyruqlari, tezkor xatlari va yig‘ilishlarining bayonnomalari; ishlab chiqarish yig‘ilishlari va texnik konferensiyalar, zavodlarning ishlab chiqarish rejalari va dasturlari; majlislarining qarorlari, buyruqlari, tezkor xatlari va yig‘ilishlarining bayonnomalari; korxonalarning ishlab chiqarish rejalari; O‘zbekiston SSR spirtli ichimliklar va vino sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Qo‘mitasi va Markaziy hay’atining ish rejalari va hisobotlari; bahs munozarali holatlarni baholash komissiyalar yig‘ilishlarining ma’ruzalari, hisobotlari, texnik holatlar bo‘yicha dalolatnomalar, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar, texnika xavfsizligi va oylik maoshlar haqida, O‘zbekiston va boshqa O‘rta Osiyo respublikalarining vino sanoati zavodlarida ishlab chiqarish rejalarini bajarilishi bo‘yicha hisobotlari.